3-Mavzu. Sifatni boshqarish nazariyasining rivojlanish bosqichlari
Download 209 Kb.
|
3-Mavzu. Sifatni boshqarish nazariyasining rivojlanish bosqichla
3.4.Standartlarni vujudga kelishi
Yaponiyada sifatni boshqarishga yondoshuvlarning urushdan keyingi faol rivojlanishi bilan bir vaqtda, Yevropa va AQSHda ham standartlarni ishlab chiqish va qo’llashga katta e’tibor qaratilgan. CHunki bu davlatlar Ikkinchi jahon urushi davrida artilleriya texnikasi ta’minoti sifati tufayli tajribaga ega edilar. Qo’shma SHtatlarda dastavval mahsulot sifatini texnik va texnologiya jihatdan nazorat qilishning ba’zi asosiy tamoyillari shakllanib, AQAP (Sifatni ta’minlash borasidagi jamlanma materiallar) nashr etilgan edi. Biroz vaqt o’tgach, bu tamoyillar Yevropada “Harbiy standartlar” NATO AQAP 100 (Allied Quality Assuranje Publication = ingl. “ittifoqchilarning sifat kafolatlari nashri”) hujjatlari seriyasi ko’rinishida chop etiladi. Dastlab Buyuk Britaniya AQAPni qabul qilmay, unga ekvivalent bo’lgan uchta mudofaa standarti - DEF.STAN 05-21 / 05-24 / 05-29 larni afzal ko’rgan. Pirovard natijada AQAP standartlari DEF.STAN standartlari bilan birlashtirilgan. Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining xaridlar bo’limi ularni DEF STANS hujjatlar seriyasi ko’rinishida nashr etgani tufayli, ular keyinchalik xususiy tashkilotlarda ham keng tarqaladi. Bu standartlardan AQAP (Sifatni ta’minlash borasidagia jamlanma materiallar) nomi bilan ma’lum bo’lgan NATO doirasida qo’llaniladigan standartlar seriyasiga asos sifatida ham qo’llanilgan. Dastlab Buyuk Britaniya AQAPni qabul qilmay, unga ekvivalentda bo’lgan uchta mudofaa standarti - DEF.STAN 05-21 / 05-24 / 05-29 larni afzal ko’rgan. Pirovard natijada AQAP standartlari DEF.STAN standartlari bilan birlashtirilgan. Sifat standartlariga zarurat harbiy sohada, balki sanoatning boshqa tarmoqlar uchun zaruratga aylana boshladi. Shu tariqa BS 4891 va BS 5179 Britaniya standartlari vujudga kelib, ular amaliy jihatdan yo’riqnomaga o’xshash bo’lib, sifatning talablari sifatida qo’llash mumkin bo’lmagan. Keyinchalik uch qismli yanada takomillashtirilgan BS 5750 standarti ishlab chiqarilgan. Yapon mahsulotlarining Yevropa mamlakatlarini egallashi sifatni ta’minlash tizimlaridan foydalanish bilan bog’liq faoliyatni kuchaytirib yubordi. Biroq, har bir mijoz sifat nazorati tizimiga o’zicha yondoshgani sababli, umume’tirof etilgan standartlarni ishlab chiqishga zarurat tug’ildi. Buyuk Britaniyada 1979 yilda paydo bo’lgan BS 5750 shunday standart bo’lib hisoblanadi. Aynan shu standart keyinchalik ISO 9000 seriyali standartlarni yaratish uchun asos bo’ldi. SMT va ISO 9000 seriya standartlari rivojlanishiga katta hissa qo’shgan “g’arb maktabi”ning vakili, amerikalik mutaxassis Filipp B. Krosbi o’zidan oldingi hamkasblaridan farqli o’laroq, sifatni kompleks usulda yaxshilash muammosini yechish taklifi bilan chiqdi. U sifat tizimini joriy etishning 14 qoidasini kashf etgan. ISO 9000 standartlarida bunday yondoshuv (unifikatsiyalash va standartlashtirish) 8 yil o’tgandan keyingina – 1987 yilda qo’llanilgan. Shunday qilib, bu davrda sifatni yaxshilash va ishlab chiqarish unumdorligining o’sishi o’rtasidagi avvalgi ziddiyat hal etildi. Chunki boshqaruvning yangicha g’oyalari qo’llanishi bir vaqtning o’zida sifatni oshirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish uchun imkon berdi. Nazorat savollari: AQAP (Sifatni ta’minlash borasidagi jamlanma materiallar) ning mohiyati va vazifalari. BS 5750 standartining mazmuni. “G’arb maktabi”ning vakili, amerikalik mutaxassis Filipp B. Krosbi sifatni kompleks usulda yaxshilash muammosini yechishning qanday taklifi bilan chiqdi? BS 5750 standarti necha qismdan iborat? DEF STANS hujjatlar seriyasi o’z ichiga nimalarni oladi? Download 209 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling