2.2. Tadbirkorlik huquqi subyektlari tasnifi
Tadbirkorlik huquqi subyektlarini bir necha turlarga ajratish mumkin. Subyektlarni turkumlash ularning mulkchilik shakliga (masalan, fuqarolarning xususiy mulki, jamoa mulki yoki davlat mulkiga asoslangan), vakolatlariga (ya’ni bevosita tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar yoki boshqaruvni amalga oshiruvchi subyektlar kabi), shaxslarga (jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar) hamda faoliyat turiga (tijoratchi va notijorat tashkilotlar) qarab belgilanadi.
Shu o‘rinda tadbirkorlik faoliyati subyektlarini faoliyat maqsadiga (turiga) qarab tijoratchi tashkilot va tijoratchi bo‘lmagan tashkilotga ajratilgan ikki turiga tushuncha berib o‘tsak.
Do'stlaringiz bilan baham: |