3-mavzu: Tadbirkorlik huquqi subyektlari. Reja
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar
Download 94 Kb.
|
3-Mavzu yuzasidan maruza
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, yuridik shaxslar: tijoratchi tashkilot (xo‘jalik shirkati va jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi, unitar korxona va tijoratchi bo‘lmagan tashkilot (jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond va mulkdor tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasa) turlariga bo‘linadi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni quyidagi asosiy mezonlarga qarab tasniflash mumkin:
qo‘shgan ulushiga qarab (ma’suliyati cheklangan jamiyat, qo‘shimcha ma’suliyatli jamiyat, aksiyadorlik jamiyati); tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etishiga qarab (to‘liq va kommandit ishtirokchilik); o‘z mehnati bilan shaxsan ishtirok etishiga ko‘ra (ishlab chiqarish kooperativi, dehqon xo‘jaligi); boshqaruvda ishtirok etishiga ko‘ra (xususiy korxona, fermer xo‘jaliklari). Shu o‘rinda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni turlarini birma-bir izohlab o‘tish joiz. Korxonani tugatish, birinchidan, tamomila korxona faoliyatini to'xtatish asosida ikkinchidan, qayta tashkil etish yo'li orqali amalga oshiriladi. Birinchi holatda, korxonani tugatish yakuniy tusga ega bo'lsa, so'nggisida esa, qayta tashkil qilinayotgan korxona huquq va majburiyatlari yoki uning qismi yangi huquq subyektiga o'tadi, ya'ni, universal huquqiy vorislik yuz beradi. Korxonani qayta tashkil etish bir nechta tashkilotni (bitta) yangisiga birlashtirish, bir korxonani ikkinchisiga qo'shish, bir korxonani bir nechta yangi tashkilotlarga bo'lib yuborish, korxonaning tarkibidan boshqa korxonani ajratish yoki qaytadan tuzish, ya'ni, korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini almashtirish yo'li bilan amalga oshirilishi mumkin. Korxona boshqa korxona bilan qo'shilgan taqdirda mazkur korxonalarning har biriga taalluqli barcha mulkiy huquqlar va majburiyatlar ko'shilish natijasida vujudga kelgan korxonaga o'tadi. Bir korxonaning boshqa bir korxonaga qo'shilishi chog'ida uning barcha mulkiy huquqlari va majburiyatlari qo'shib olgan korxonaga o'tadi.Korxona bo'lib yuborilgan taqdirda qaytadan tashkil etilgan korxonaning mulkiy huquqlari va majburiyatlari ana shu bo'lib yuborish natijasida vujudga kelgan yangi korxonalar balansiga muvofiq tegishli qismlarda o'tadi. Korxonadan bitta yoki bir nechta korxonani ajratib chiqarish chog'ida qayta tashkil etilgan korxonaning mulkiy huquqlari va majburiyatlari bo'lib yuborish hujjati (balansi)ga muvofiq tegishli qismlarda ularning har biriga o'tadi. Bir korxonani boshqa korxona qilib o'zgartirish chog'ida avvalgi korxonaning barcha mulkiy huquqlari va majburiyatlari qaytadan tashkil etilgan korxonaga o'tadi.
Download 94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling