Davlat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish
Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Davlatning boshqaruv sohasidagi roli inkor etilsa, ma’muriy buyruqbozlik tizimidan iqtisodiyotning bozor tamoyillariga o‘tishini ta’minlash qiyin kechadi. O‘z-o‘zidan ravshanki, bozor munosabatlari me’yori mustahkamlanib, islohotlarning ortga qaytmasligi ta’minlanib borgan sari davlatning ta’siri ham shunga muvofiq ravishda izchillik bilan kamayib boraveradi”. [I.A.Karimov. “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari taraqqiyot kafolatlari”. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 199. 189-bet.]
Shu nuqtayi nazardan davlat iqtisodiyot va ijtimoiy hayotning hamma sohalarini o‘zgartirish rejalarini tuzib, uni izchillik bilan amalga oshirishni ta’minlashni o‘z zimmasiga oladi. Bu esa bozor sharoitida iqtisodiyotni davlat yo‘li bilan boshqarish va tartibga solish hamda ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni bevosita huquqiy vositalar yordamida hal etishga imkoniyat yaratadi.
Davlat tadbirkorlik huquqi subyektlariga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega.
Tadbirkorlik huquqining subyekti sifatida davlat bir vaqtning o‘zida boshqa tadbirkorlik huquqining subyektlaridan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |