3-mavzu: tarixiy antropologiyaning yo`nalishlari va o`rganish metodlari. Reja
Download 175.22 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu yuzasidan maruza matni (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`z va iboralar
3-MAVZU: TARIXIY ANTROPOLOGIYANING YO`NALISHLARI VA O`RGANISH METODLARI. Reja: 1. Fransiyada ―Annallar maktabi‖ va uni kelib chiqishi. 2. Etnopsixologiya maktabi va uning shakllanishi va yutuqlari.
―Annallar‖ maktabi, L.Fevr va M.Blok, L.Levi-Bryul, ―odam geografiyasi‖, Etnopsixologiya maktabi, Psixologik antropologiya. Asosiy qism: Fransiyada “Annallar maktabi” va uni kelib chiqishi. Keyingi o‗n yilliklarda tarixiy antropologiya faniga qiziqish butun dunyoda bo‗lgani kabi Rossiyada ham keng yoyilib bormoqda. Nima sababdan evolyutsiyaning ma‘lum bir bosqichida tarixchilarning tarixiy antropologiya tomon keskin burilishi sodir bo‗ldi? Nima sababdan butun boshli tarix fani yangi usul, yangicha qarashga qiziqib qoldi? Albatta tarix fanidagi bunday keskin burilishda mentallik tarixining alohida o‗rni borligini alohida aytib o‗tishimiz kerak. ―Annallar‖ maktabining bir nechta avlodi o‗zlarining ideallariga, ayniqsa umumqamragan tarix jurnaliga, L.Fevr va M.Blokning ―total‖, jurnaliga sodiq qolishdi. Ammo, yuqoridagi ideal jurnallarga ergashishga ham ―annalchilar‖ning o‗zlari tomonidan ham turli davrlarda turlicha tushunilgan. Tarixiy antropologiya tongidagi eng yirik tarixchilaridan biri M.Blok bo‗lib, uning ―Mo‗jizakor qirollar‖ degan asari 1924-yilda chop etildi. M.Blok o‗zining bu ishida ―qirollik hukumatini g‗ayritabiiy xarakterga ega ekanligi‖ to‗g‗risida yozadi. Bunday qirollik Angliyada va Fransiyada o‗rta asrlardan boshlab XVIII asrlargacha bo‗lgan davrlardagi davlatlarda qirollarni ulug‗lash, ularni g‗ayritabiiy, turli mo‗jizaviy kuchga ega ekanliklarini, hatto turli kasalliklarni davolashi mumkinligi to‗g‗risidagi g‗ayri ilmiy qarashlarni yozadi. Bu muammo muallif tomonidan har tomonlama tahlil qilingan. M.Blok xuddi shunday qadimgi asoslardan davolanish an‘anasi XI–XII asrlardan boshlangan desa, hozirgi tadqiqotchilar boshlanish vaqtini yuz yil keyinroqqa – XIII asr o‗rtalarigacha surishgan; u shunga teng keladigan marosimni o‗rta asr yodgorliklaridagi tasvirlar asosida hamda monarxlar to‗g‗risidagi rivoyatlar asosida o‗rgandi. Muallif eng asosiy diqqat va e‘tiborni ―qirollik mo‗jizasi‖ga qaratishni, qirollik boshqaruvi ilohiy, mujizaviy tushunchalar bilan bog‗liq ekanligini yozdi. Blokning aytishicha bu ishonch ―dunyoni qurilishini tushunishning butun boshli konsepsiyasi‖ bilan bog‗liq. Hozirgi zamon fanida ―mentallik‖ deb qabul qilingan bu yo‗nalish bo‗yicha M.Blok juda kamdan-kam hollarda mentalite so‗zini ishlatadi. Ko‗pincha u ―jamoaviy tushunchalari‖, ―jamoa ongi‖, hatto ―jamoaviy adashishlar‖ kabi so‗zlarni ishlatishni yaxshi ko‗radi. M.Blok davridagi atamashunoslikdagi bunday turli-tumanlik bu fanning ma‘lum bir sohasidagi yo‗nalishni aniqlana boshlaganligidan, uning endigina tug‗ilayotganligidan darak berar edi. Shu narsa ham muhimki, birinchi jahon urushi yillari dunyoning eng yirik olimlari turli mamlakatlarda parallel ravishda bir xil muammoni – o‗rta asrlardagi xalq ommasining ongini streotiplari kabi muammolarni o‗rganishdi; jumladan, 1919-yilda Yoxan Xeyzinning ―O‗rta asrning kuzi‖ – XIV–XV asrlarda ―Hayot ukladining shakli va tafakkur shakllari‖ nomli kitoblari chop etildi 1 . Shunday qilib, tarixchilar asta-sekinlik bilan yangi tadqiqot hududini topishdi, bu yo‗nalishga fransuzcha ―mentallik tarixi‖ degan atama bilan atashdi. Qiyin tarjima qilinadigan ―mentallik‖ (mentalite) Fransiyada XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida keng tarqaldi. Bu nom ―dunyoni ko‗rish‖ (mirovozrenie) ma‘nosida ishlatildi. Ammo bu narsa juda ko‗p hollarda kollektivning ongiga, ayniqsa uning oddiylik (arxaiklik) soyasi bilan berilar edi.
1 Flechner, Roy (2013), "The Chronicle of Ireland: Then and Now", Early Medieval Europe, 21 (4): 422–54 L.Levi-Bryul hozirgi zamon ―sivilizatsiyali‖ odamining mantiqli tafakkuridan ilgari ―pralogik‖ tafakkurga ega bo‗lgan odamlar yashagani to‗g‗risida fikr yuritadi. A.Vallon ―Ibtidoiy mentalitet‖ (La mentalite primitive, 1926) kitobini yozdi. M.Blokning ―Mo‗jizakor qirollar‖ nomli kitobi unchalik ko‗p bo‗lmagan, ammo hammaga namuna bo‗ladigan L.Fevra va A.Pirenna kabi tarixchi olimlar tomonidan kutib olingan, ayrimlar kitobning mazmunini ―ajoyib‖ deyishgan bo‗lishsa, boshqa birlari ikkinchi darajali deyishdi. Shundan keyin M.Blokning o‗zi bu masalaga qaytib yaqinlashmadi. U ko‗proq iqtisodiy va ijtimoiy strukturalarni o‗rganishga kirishdi. Ammo u o‗zining ―Feodal jamiyati‖ nomli kitobida alohida bo‗lim qo‗shib, bu bo‗limning nomi ―Sezgining o‗ziga xosligi va tushuncha obrazlari‖ nomi bilan atadi. Bu yerda mentallik sintezning bir qismi sifatida namoyon bo‗lmoqda va bu narsa o‗rta asr obrazini to‗laligicha tiklashga imkoniyat beradi dedi. Muallifning tirikligida kitob o‗zining obyektiv bahosini olmadi. Ammo uning vafotidan keyin, o‗tgan asrning 70-80-yillarida shu kitobning qayta nashri (1983) so‗zboshisida J.Le Goff ―M.Blok tarixiy antropologiyaning asoschisi‖ bo‗lganligini yozadi. M.Blokning do‗sti va hamfikri Lyusen Fevrning ijodiy evolyutsiyasi boshqacha edi: u ijtimoiy va ekologik tarixdan (―odam geografiyasi‖) o‗zining yetuk davrida g‗oyalar, madaniyatlar, psixologiyani o‗rganishga o‗tdi. Ayniqsa, uning yetukligi mentalitet tarixini o‗rganishda ko‗rinadi. Uning bir qator maqolalari, ―Tarix va psixologiya‖ (1938), ―Folklor va folklorchilar‖ (1939), ―Sezuvchanlik va tarix‖ (1941) kabi kitoblarida u bir qancha fanlararo tadqiqotlarini tarixchilar, filologlar, psixologlar, sotsiologlar, folklorchilar bilan birgalikda ko‗tardi.
Download 175.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling