3-Mavzu. Tekislikda elliptik geometriya. Tekislikda giperbolik geometriya. Tekislikda to‘qqiz geometriya
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu
Aksioma 1: Tekislikdagi ikki to„g„ri chiziq faqat bir nuqtada kesishadi.
Agar biz bu tushunchani aksioma sifatida qabul qilsak, quyidagi tasdiq o„rinli bo„ladi. Teorema 1: Ikki nuqtadan faqat bitta to„g„ri chiziq o„tadi. Isbot qilish uchun tekislikdagi va – nuqtadan ikkita va to„g„ri chiziqlar o„tadi deb hisoblaylik. U holda, va nuqtalarning har biri va to„g„ri chiziqlarga tegishli bo„lishi kerak ya‟ni, – to„g„ri chiziqlar ikki – nuqtalarda kesishadigan bo„ladi. Bu tasdiq ikki – nuqtadan ikki – to„g„ri chiziq o„tishini ko„rsatadi. Bu esa qabul qilgan aksiomamizga zid bo„ladi. Hosil qilingan ziddiyat ikki to„g„ri chiziqning faqat bitta nuqtada kesisha olishini ko„rsatadi va teoremaning isbotini beradi. Biz yangi kiritgan aksiomamizda to„g„ri chiziqlar faqat bir nuqtada kesishadi deb hisobladik. Bu aksioma yangi “ikki nuqtadan bitta to„g„ri chiziq o„tadi” – degan fikrni teorema shaklida isbot qilish imkonini beradi. Mavzu avvalida “agar to„g„ri chiziqlar kesishsa” degan shartni ishlatdik. Tabiiyki, “to„g„ri chiziqlar kesishmasachi” degan savol paydo bo„ladi. Maktab geometriyasida kesishmaydigan to„g„ri chiziqlarni “parallel” to„g„ri chiziqlar deb ataladi. Bu tushunchalar Yevklid yoki Yevklid tekisligi bilan asosiy aksiomalari bir xil bo„lgan “Galiley”, “Minkovskiy” tekisliklarida bir xil. Ammo tekislikda Yevklid geometriyasidan farqli bo„lgan geometriyalar borki, ularda “parallellik” atamasi “kesishmaydi” atamasi bilan bir xil emas. Bu masalaga biz keying mavzularda yana qaytamiz va ularni asoslab beramiz. Geometriya fanida shunday “Proyektiv geometriya” deb atalgan bo„lim borki, bunda har qanday ikki to„g„ri chiziq kesishadi deb hisoblanadi. Bunda Yevklid ma‟nosidagi o„zaro parallel bo„lgan to„g„ri chiziqlar bir nuqtada kesishadi va u nuqtani “cheksiz uzoqlashgan nuqta” – deb hisoblanadi. “Proyektiv geometriya” – o„zi alohida o„rganishni talab etadigan tekislikdagi geometriyani tushuntirishda fazoda foydalanadigan va nuqtadan proyeksiyalash tushunchalari bilan bog„liq fandir. Bu fanga qiziqqan o„quvchilardan yuqorida keltirilgan adabiyotlar va o„zbek tilida mavjud adabiyotlar bilan tanishishni tavsiya etamiz. Biz ushbu qo„llanmada “Proyektiv tekislik” tushunchasidan to„g„ridan- to„g„ri foydalanamiz. Buning uchun “parallel” to„g„ri chiziqlar tekislikning cheksiz uzoqlashgan nuqtasida kesishadi degan tasdiqdan foydalanish uchun tekislikka – cheksiz uzoqlikdagi nuqtani qo„shib o„rganamiz. Demak, Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling