- Ammo, entropiya yordamida boshqa funksiyalarni,
- ya’ni Gibbs va Gelmgols energiyalarini hisoblash mumkin,
- ular esa muvozanatning va jarayon yo‘nalishining mezonlaridir.
- Ko‘p adabiyotlarda Gibbs energiyasi G va
- Gelmgols energiyasi F harflari orqali belgilanadi va turlicha nomlar bilan ataladi:
- erkin energiya, ozod energiya, o‘zgarmas bosimdagi energiya yoki erkin entalpiya,
- izobar-izotermik potensial G=f (p, T) va o‘zgarmas hajmdagi energiya, erkin ichki energiya, izoxor-izotermik potensial F=f (V, T) yoki termodinamik potensiallar deyiladi.
- Ularning va boshqa termodinamik potensiallarning ma’nosini tahlil qilamiz.
- Har qanday termodinamik sistemada borishi mumkin bo‘lgan jarayonlarning maksimal foydali ishi nolga teng bo‘lgandagina muvozanat qaror topadi.
Energiyaning hamma turlari (mexanik, elektrik, kimyoviy) issiqlikka aylana oladi, ammo issiqlik energiyasi boshqa tur energiyalarga aylana olmaydi. - Energiyaning hamma turlari (mexanik, elektrik, kimyoviy) issiqlikka aylana oladi, ammo issiqlik energiyasi boshqa tur energiyalarga aylana olmaydi.
- Demak, jismning bir qism energiyasi boshqa tur energiyasiga aylanish qobiliyatiga ega va bundan biror foydali ish bajaradi, ammo jismning boshqa qism energiyasi esa foydasiz bo‘lib, issiqlikka aylanib ketadi. Jismning foydali ish bajara oladigan umumiy energiyasi erkin energiya deyiladi.
Ichki energiya, entalpiya, entropiya, izoxor-erkin energiya va izobar-erkin energiyalar termodinamik potensiallar yoki funksiyalar ham deyiladi, chunki ularning o‘zi yoki hosilalari orqali sistemaning termodinamik xossalarini aniq ifodalash mumkin. - Ichki energiya, entalpiya, entropiya, izoxor-erkin energiya va izobar-erkin energiyalar termodinamik potensiallar yoki funksiyalar ham deyiladi, chunki ularning o‘zi yoki hosilalari orqali sistemaning termodinamik xossalarini aniq ifodalash mumkin.
- Bular sistemaning xossalarini xarakterlovchi funksiyalardir. Bu funksiyalar qaytar jarayonda berilgan sharoitlarda sistema bajargan ishni hisoblab topishga yordam beradi. Termodinamik potensiallar holat funksiyalaridir, ya’ni ularning o‘zgarishi sistemaning faqat boshlang‘ich va oxirgi holatiga bog‘liq bo‘lib, o‘tilgan yo‘lga bog‘liq emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |