Termodinamik potensiallar jumlasiga izoxor-izotermik (qisqacha izoxorik) potensial, izobaro-izotermik (qisqacha izobarik) potensial , ichki energiya va entalpiya kiradi. Amalda izoxoro-izotermik va izobaro-izotermik potensiallar ko‘p qo‘llaniladi. - Termodinamik potensiallar jumlasiga izoxor-izotermik (qisqacha izoxorik) potensial, izobaro-izotermik (qisqacha izobarik) potensial , ichki energiya va entalpiya kiradi. Amalda izoxoro-izotermik va izobaro-izotermik potensiallar ko‘p qo‘llaniladi.
- O‘zgarmas harorat va hajmda boradigan jarayonlar uchun termodinamikaning ikkala qonunini birlashtirilgan ifodasini quyidagicha yozish mumkin: A ≤ T(S2-S1)-(U2-U1) yoki A ≤ (U1-TS1)-(U2-TS2) ( 28)
- Bu erda ham tenglik ishorasi qaytar jarayonga ta’luqli va maksimal ish Amax ni ko‘rsatadi.
- Funksiya U = TS izoxoro-izotermik potensial deyiladi va harfi bilan belgilanadi. F = U–TS yoki ∆F = ∆U-T∆S (29)
- Ichki energiya bilan bog‘langan energiyaning ayirmasiga tengligi sababali erkin energiya ham deyiladi.
Yuqoridagi formulaga ko‘ra, sistemaning maksimal ish qiymati erkin energiya o‘zgarishining teskari ishorali qiymatiga teng bo‘ladi: Amax =∆F (30) - Yuqoridagi formulaga ko‘ra, sistemaning maksimal ish qiymati erkin energiya o‘zgarishining teskari ishorali qiymatiga teng bo‘ladi: Amax =∆F (30)
- O‘zgarmas harorat va bosimdagi sistemalar uchun izobar potensial yoki Gibbs energiyasi qiymati:
- G = H –T S yoki ∆G = ∆H –T ∆S bo‘ladi (31)
- (31) dagi entalpiya qiymati H = U + PV bo‘lgani uchun bu formulani
- quyidagicha ifodalash mumkin:
- G = U + PV – T S yoki ∆G = ∆ U + P ∆V –T ∆S (32)
- (29) formuladan F = U – T S yoki ∆F = ∆U – T ∆S deb belgilansa, (32) formula quyidagicha kurinishga ega buladi:
- G = F + PV yoki ∆G = ∆F + P ∆V (33)
- (30) formuladan Amax = -∆F bo‘lgani uchun bu qiymatni (33) ga qo‘yib, (34) hosil qilinadi.
-
- ∆G = Amax - P ∆V (34)
- Bu formula izobar potensial qiymatini ifodalaydi. Izobar potensial qiymati muvozanat holatida bajarilgan maksimal foydali ish qiymatiga teng bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |