Umumiy yoki fizikaviy termodinamika. Bu energiyaning umumiy о’zgarish qonunlarini о’rganadi.
2.
|
Texnik termodinamika. Bunda issiqlik mashinalarida sodir bо’ladigan issiqlik va mexanik ishning о’zaro bir-biriga о’tish qonunlarini о’rganiladi.
|
3.
|
Kimyoviy termodinamika - bu kimyoviy reaktsiyalarda, erish, bog’lanish, kristallanish, adsorbtsiya jarayonlarida sodir bо’ladigan energiya о’zgarishlarini о’rganadi. Kimyoviy termodinamika umumiy termodinamika qonunlaridan foydalanadi.
|
Termodinamika qonunlarini yaxshi tushinib olish uchun ba’zi bir terminlar, tushunchalar va qiymatlar bilan tanishib olish lozim.
Termodinamika turli sistema va ularda sodir bо’ladigan turli jarayonlarni о’rganadi.
Qо’sh sistema nima?
Termodinamik sistema termodinamika usulda о’rganish uchun tashqi muhitdan ajratilgan, doimo bir-biri bilan о’zaro munosobatda bо’lgan istalgan jism yoki jismlar guruhidir.
Tashqi muhit bilan ta’sirlashishiga qarab sistemalar ochiq, yopiq, izolirlangan sistemalarga bo`linadi.
Agarda sistema tashqi muhitdan butunlay ajratilgan bо’lsa, ya’ni na modda va na energiya olmashinuvi bо’lmasa, bunday sistema izolirlangan sistema bо’ladi. masalan: termostatda sodir bo`ladigan kimyoviy reaksiya. Bunday sistema amalda bо’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |