3-mavzu. Tеxnosfеra xavfidan himoya vositalari, usullari va himoya tеxnikasi. Insonning tеxnosfеra tizimi bilan muloqot xavfsizligi


Changlar va boshqa zaharli gazlardan himoyalanish


Download 34.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi34.59 Kb.
#1568784
1   2   3   4
Bog'liq
3-m Texnosfera xavfidan x v

Changlar va boshqa zaharli gazlardan himoyalanish. O'quv dargohlarida 
changning 
kelib 
chiqishini 
oldini 
olish 
maqsadida 
atrof-muhitni 
ko'kalamzorlashtirish, o'quv xonalari tozaligini ta'minlash, har kuni ho'llangan latta 
bilan changlarni tozalash, xonalarni shamollatish kabi choralar ko'riladi. 
Shamollatish o'quv xonalaridagi havoni keragicha almashtirishni ta'minlaydi va 


o'quvchilar uchun qulay sharoit yaratadi, ya'ni belgilangan haroratda namlik rejimi 
hosil bo'lib ortiqcha issiqlik, namlik chiqib ketadi, shuningdek xonada changlar, 
gazlar miqdori kamayadi.Tabiiy shamollatishda xonaga havo tabiiy kuchlar-
gravitatsion-issiqlik va shamol bosimi ta'sirida kiradi va chiqib ketadi. Havoning 
filtrlanishi deganda, asosan deraza va eshiklardagi tirqishlar orqali tashqaridan havo 
kirishi natijasida tartibsiz ravishda tabiiy havo almashinuvi tushuniladi. Shamol 
bo'lganda filtrlanish kuchayadi. Sun'iy shamollatish maxsus uskunalar-ventilyatorlar 
yordamida amalga oshiriladi. 
Havoni mo'tadillash sistemasi. Tashqi haroratdan qat'iy nazar, muhitning 
berilgan parametrlari (havoning harorati, namligi, tozaligi va harakat tezligi)ni bir 
xilda saqlab turadi. Havoni mo''tadillash sistemalaridagi asosiy qism markaziy 
namunaviy konditsionerdir. «Konditsioner-filtr- konditsioner»da yopiq siklda 
aylanib yuruvchi suv qatnashadi. Konditsionerning ho'llash kamerasida suvdan ko'p 
marta foydalanilganda suv bakteriyalar bilan ifloslanadi. Buning oqibatida 
mikroblar toza havoga o'tib ketishi mumkin. Shu sababli konditsionerdan 
foydalanayotganda suvini doim tozalab turish kerak. 
Havoni isitish. Isitish sistemalari qishda havoni isitish uchun xizmat qiladi. 
Issiqlik berish turiga qarab bug'li, havoli va elektr isitish sistemalari farqlanadi. Suvli 
isitkichning afzalligi shundaki, u gigienik talablarni qanoatlantiradi, bunday 
asboblarda issiqlikni rostlab turish mumkin, ular uzoq vaqt xizmat qiladi. Narxining 
nisbatan qimmatligi issiq suv bo'lmaganda muzlab qolish ehtimoli uning 
kamchiligidir. 

Download 34.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling