3-mavzu. Tеxnosfеra xavfidan himoya vositalari, usullari va himoya tеxnikasi. Insonning tеxnosfеra tizimi bilan muloqot xavfsizligi


Shovqin va titrashga qarshi kurash va himoya vositalari


Download 34.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi34.59 Kb.
#1568784
1   2   3   4
Bog'liq
3-m Texnosfera xavfidan x v

Shovqin va titrashga qarshi kurash va himoya vositalari. Shovqinga 


qarshi kurashning asosiy usuli qo'shni xonadagi shovqin darajasini pasaytiradigan, 
tovush o'tkazmaydigan uskunalar o'rnatishdir. Devor va poydevorlarning tovush 
o'tkazmaslik xossasini oshirish yoki kamaytirish uchun oralig'ida havo tirqishi 
bo'lgan har xil to'siqlarni qo'llash tavsiya etiladi. Shovqinga qarshi zichlovchi 
ashyolar sifatida yumshoq rezinalar, toshpaxta (asbest)dan foydalanish mumkin. 
Agar texnik usullar bilan shovqinni sanitariya me'yorlariga qadar pasaytirib 
bo'lmasa, u holda shovqindan yakka tartibda himoyalanish vositalaridan foydalanish 
tavsiya etiladi. Bunday vositalarga quloq tiqinlari (vkladishlar), quloq qopqoqlari 
(naushniklar) va shlemlar kiradi. 
Vibratsiyadan himoyalanish uchun binolarda poydevorning ostiga rezinadan, 
polivinol smolalardan tayyorlangan shisha tola bilan kuchaytirilgan qistirmalar 
qo'yiladi. 
Yoritishni to'g'ri tashkil qilish. Inson axborotning 90%ini ko'z orqali oladi. 
Shuning uchun auditoriyalarda yoritishni to'g'ri tashkil qilish kishi salomatligiga 
hamda asab tizimining me'yorida bo'lishiga olib keladi. Yoritilganlik etarli bo'lmasa 
yoki u ratsional joylashtirilmasa talabalarda dars o'tish jarayonida bir qancha 
noqulayliklar tug'dirishi mumkin. Tabiiy yorug'lik manbai quyoshdir. Sun'iy 
yorug'lik manbai elektr quvvati bo'lib, u cho'g'lanma lampalar orqali amalga 
oshiriladi. Auditoriyalarda, o'quv zallarida bir xil yorug'lik oqimi beruvchi chiroqlar 
bir tekisda o'rnatilgan bo'lishi kerak. O'quv dargoqlarida lyuminestsent lampalar 
qo'llaniladi, chunki ular tabiiy yorug'lik spektriga yaqin spektrda yorug'lik tarqatadi. 
Bu o'quvchilarni toliqtirmaydi, idrok qilish qobiliyatini oshiradi, ko'zni 
qamashtirmaydi. 
Yorituvchi qurilmalarning samaradorligini oshirish uchun o'z vaqtida 
lampalarni artib tozalab turish, kuygan yoki yorug'lik berishi kamaygan lampalarni 
o'z vaqtida almashtirib turish zarur. Shuningdek, elektr tarmog'idan kuchlanishning 
pasayishiga ham yo'l qo'ymaslik kerak, chunki bu hol yoritilish darajasining 
kamayishiga olib keladi. 
Changlar va boshqa zaqarli gazlar. Changlar kelib chiqishiga ko'ra tabiiy va 
sun'iy bo'ladi. Tabiiy changlar inson ta'sirisiz qosil bo'ladi, bularga shamol va 
bo'ronlar ta'sirida, o'simliklar va qayvonot olamida, vulqonlar otilishi va boshqa 
qollarda paydo bo'ladigan changlar kiradi. Tabiiy changlarning atmosfera 
muqitidagi miqdori tabiiy sharoitga, yil fasllariga, mintaqalarga boqliq bo'ladi. 
Chunki changlar qish oyiga nisbatan yozda, qishloqlarga nisbatan shaqarda ko'proq 
bo'lishi kuzatilgan. 
Sun'iy changlar insonning bevosita ta'siri natijasida qosil bo'ladi. Bularga 
ishlab chiqarish, sanoat va qurilish korxonalaridan va avtomobillar qarakatidan kelib 
chiqadigan changlar kiradi. Changlar inson organizmiga yuqori nafas yo'llari, teri 
qoplamlari orqali kiradi va zaqarlanishni keltirib chiqaradi. Ayniqsa yuqori nafas 
yo'llari orqali o'pkaning va boshqa a'zolarning zaqarlanishi ko'proq uchraydi. 

Download 34.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling