3-mavzu. Turistlarga havo transportida xizmat ko‘rsatish
Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti –
Download 0.53 Mb.
|
mavzu3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Varshava konvensiyasida belgilangan limitlarni bekor qildi.
Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti – ICAO (International Civil Aviation Organization) (2003 yil 4 noyabrda kuchga kirgan Monreal konvensiyasi 1999 yilda doirasida tuzilgan) aviahalokatlardan jabr ko‘rgan shaxslar va ularning qarindoshlariga to‘lovlar bo‘yicha Varshava konvensiyasida belgilangan limitlarni bekor qildi. Boz ustiga, ushbua konvensiya javobgarlikning ikki darajali tizimini amalga joriy etdi. Birinchi darajada, Sug‘urta hodisasi yuz bergani zahoti, aviakompaniya (yoki uning Sug‘urtalovchisi) jabr ko‘rgan har bir kishiga, hatto tashuvchining aybi isbotlanmagan bo‘lsa ham, taxminan 135 000 (135 ming) AQSH dollari to‘lashi lozim. Bordiyu aviakompaniya hodisada aybdor deb topilsa, javobgarlikning ikkinchi darajasi amalga kiritiladi va unda zararni qoplash bo‘yicha to‘lanadigan tovon puli summasi chegaralanmaydi. Tashuvchining yo‘lovchilar bagajini yo‘qotganlik uchun javobgarligi ham oshirildi.
Monreal konvensiyasi kuchga kirgan paytgacha uni 31 davlat imzoladi (Barbados, Baxreyn, Beliz, Botsvana, Makedoniya, Gresiya, Iordaniya, Kamerun, Kanada, Keniya, Kipr, Kolumbiya, Quvayt, Meksika, Namibiya, Nigeriya, Yangi Zelandiya, Tanzaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Panama, Paragvay, Peru, Portugaliya, Ruminiya, Suriya, Slovakiya, Sloveniya, AQSH, Chexiya Respublikasi, Estoniya, Yaponiya). Yangi hujjatga O‘zbekiston rasman qo‘shilgani yo‘q, shu sababli mamlakatimizda xalqaro aviatashuvlarni amalga oshirishda Varshava konvensiyasi amal qiladi. Shunga qaramay, ayrim tashuvchilar, ayniqsa, xususiy tashuvchilar xalqaro standartlarning yangi qoidalariga muvofiq o‘z harajatlari moddalarini oshira boshladilar. Tabiiyki, bunga faqat ko‘proq kafolatlar bera oladigan va samolyotlarni 750 mln. – 1 mlrd. AQSH dollarga Sug‘urta qiladigan moliyaviy jihatdan barqaror va yirik aviakompaniyalargina qodir. Qolgan kompaniyalar hukumat qarorlarini bajarishi shart. Ko‘pgina ekspertlarning fikricha, O‘zbekiston yuqorida ko‘rsatilgan konvensiyaga yaqin kelajakda albatta qo‘shiladi, chunki ushbu jarayonning kechga surilishi milliy aviakompaniyaning xalqaro bozordagi mavqeni pasayishiga olib keladi. O‘zbekiston fuqarolari kam havo kemasi bortidagi noxush hodisalar uchun ko‘proq tovon to‘laydigan chet el tashuvchilari xizmatlaridan foydalanishni ma’qul ko‘rishlari mumkin. Bundan tashqari, xalqaro uchishlar qabul qilingan xalqaro normativlarga rioya qilishni talab etganligi uchun konvensiyaga imzo chekkan mamlakatlarning aviatsiyani boshqarish idoralari ko‘rsatilgan hujjatni hali imzolamagan davlatlardan samolyotlarni o‘z hududiga kiritmaslik huquqiga ega. Masalan, shovqinni chegaralash bilan bog‘liq hollarda shunday bo‘lgan: shovqinni kuchli samolyotlarning uchishini chegaralovchi xalqaro standartlarni qabul qilgan mamlakatlar Rossiyaning samalyotlarini o‘z aeroportlariga kiritmadi, iqtisodiy holatini hisobga olish niyatida emas ekanliklarini namoyish etdilar. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling