3-mavzu. Turistlarga havo transportida xizmat ko‘rsatish
Aviatashuvlarni tartibga solish
Download 0.53 Mb.
|
mavzu3
Aviatashuvlarni tartibga solish xalqaro qonunchilik (agar tashuv xalqaro xususiyatga ega bo‘lsa) yoki milliy qonunchilik (agar tashuv ichki xususiyatga ega bo‘lsa) asosida amalga oshiriladi.
3.2. Xalqaro aviatashuvlarni huquqiy jihatdan ta’minlash Dunyo miqyosidagi va ikki tomonlama konvensiyalar xalqaro aviatashuvlarni tartibga soluvchi asosiy hujjat hisoblanadi. Ikki tomonlama bitimlar, qoida tariqasida, hamkorligi boshqa shartnomalar (MDH, YEI doirasidagi va h.k.) bilan belgilangan ikki davlat o‘rtasida tuziladi. Keng ahamiyatga molik xalqaro bitimlarda davlatlarning ancha katta doirasi ishtirok etadi. Ular uchishlarni tartibga soluvchi xalqaro normalar va qoidalarni, shuningdek mazkur davlatlar hududi ustida aviatashuvlarni tashkil etish prinsiplarini ishlab chiqadi. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi sohasidagi dastlabki huquqiy hujjatlardan biri 1929 yilda qabul qilingan «Xalqaro aviatashuvlarga daxldor ayrim qoidalarni unifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi Varshava konvensiyasidir. Ushbu normativ hujjatda quyidagilar o‘z ifodasini topgan: xalqaro aviatashuvlar ta’rifi; aviatashuvchilar tomonidan havoda yo‘lovchi va bagaj tashish tartibi; tashish shartnomasini tasdiqlovchi asosiy tashish hujjatlari; tashuvchining javobgarligi tartibi; ushbu konvensiyaga davlatlarning qo‘shilishi tartibi1. Keyinchalik Varshava konvensiyasi 1955 yilgi Gaaga bayonnomasi, 1971 yilgi Gvatemala bayonnomasi va 1975 yilgi Monreal bayonnomasi bilan kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar orqali rivojlantirildi. Yo‘lovchining o‘limi yoki uning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi, bagajning yo‘qotilganligi va shikastlanganligi uchun tashuvchining javobgarligi to‘g‘risidagi qoida Varshava konvensiyasiga kiritilgan muhim band hisoblanadi. Ushbu hujjatga binoan, xalqaro reyslarda yo‘lovchining hayoti va sog‘lig‘i uchun tashuvchining javobgarligi aksariyat hollarda 10 000 (10 ming) AQSH dollari bilan chegaralanadi. Bagajning yo‘qotilganligi va shikastlanganligi uchun tashuvchining javobgarligi aksariyat xalqaro tashuvlarda (shu jumladan xalqaro tashuvning ichki qismlarida) ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagajning 1 kilogrammi uchun 20 AQSH dollari hamda har bir yo‘lovchining ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bagaji uchun 400 AQSH dollarini tashkil etadi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling