3-mavzu: Vegetativ va periferik asab tizimi tuzuvchi dilshoda murodova simpatik parasimpatik metasimpatik nerv tizimi avtonom refleks yoyi qismlari


Download 16.29 Kb.
bet2/4
Sana03.12.2023
Hajmi16.29 Kb.
#1797249
1   2   3   4
Bog'liq
FIZIO 13 MUSTAQIL

PARASIMPATIK NERV TIZIMI
Avtonom nerv tizimi bu qismining tuzilishi deyarli simpatik tizimniki kabi. Uning ham markaziy va tashqi tuzilmalari mavjud, qo‘zg‘alish ishchi a‘zoga ikki neyronli yoi orqali yetib boradi. Ammo parasimpatik tizimning o‘ziga xos xususiyatlari ham bor. Birinchidan, bu tizimning markazlari bosh va orqa miyada bir-biridan va simpatik markazdan uzoqdagi sohalarda joylashgan. Ikkinchidan, tanada parasimpatik tizim ta‘sir o‘tkazadigan doira ancha tor. Ba‘zi a‘zo va to‘qimalar, masalan bachadon, MNT, qon tomirlarning deyerli hammasi parasimpatik nervlanishga ega emas.
Parasimpatik tizimning markaziy tuzilmalari o‘rta, uzunchoq va orqa miyada joylashgan. O‘rta miya (mezensefal) qismining yadrosi Silviy suv yo`lining tubida bo`lib, ko‘z muskullariga, so`lak va ko‘z yosh bezlariga uch juft bosh nervlar tarkibida preganglionar tolalar yo`llaydi. Bu tolalar ko‘zni harakatlantiruvchi, yuz va til-halqum nervlar tarkibida kipriksimon, quloq, til osti va tannglay tugunlariga yetib keladi va postganglionar neyronlarning tana va dendritlarida sinapslar hosil qiladi.
Uzunchoq miyadagi (bulbar) markazdan chiqqan preganglionar tolalar bo‘yin, ko‘krak va qorin bo‘shliqlaridagi a‘zolarga sayyor nerv tarkibida o‘tadi.
Parasimpatik tizimning dumg‘aza bo`limi orqa miyaning uchta dumg‘aza segmentidagi yon shoxlarda joylashgan. Bu yerdan tolalar chanoq nervi tarkibida chanoq a‘zolariga yoi oladi.
Parasimpatik tizimning afferent yollari sayyor nerv tolalarining ko‘p qismini tashkil qiladi. Bu tolalarga aloqador hazm, ko‘krak va qorin bo‘shlig‘idagi a‘zolardagi retseptorlar mexanik, harorat va og‘riq paydo qiluvchi ta‘sirotlarni sezadi, pH va elektrolitlar tarkibi o‘zgarganda qo‘zg‘aladi. Qon bosimo barqarorligini saqlashda aorta ravog‘idagi va karotid koptokchalardagi parasimpatik markazlar bilan bog‘langan retseptorlarning ahamiyati juda katta.
METASIMPATIK NERV TIZIMI
Metasimpatik tizim
So‘nggi vaqtlarda avtonom nerv tizimining uchinchi bo`limi – metasimpatik nerv tizimiga katta ahamiyat berila boshlandi. Bu tizim ichki a‘zolar faoliyatini boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, hazm tizimi a‘zolari tashqi nervlardan butunlay xalos qilingandan keyin ham, o‘z faoliyatini deyrali o‘zgarmagan holda saqlab qoladi. Demak, bu a‘zolar faoliyatini ular devorida joylashgan intramural tugunlar boshqarib turadi.
Metasimpatik nerv tizimi ko‘p jihatdan avtonom nerv tizimining boshqa bo`limlaridan farq qiladi. 1. Metasimpatik tizim faqat o‘zi harakat qilish qobiliyatiga ega bo`lgan ichki a‘zolarni nervlaydi; ularning harakat qilish, so‘rish, shira ajratish faoliyatlarini nazorat qiladi; mahalliy qon aylanishiga va endokrin unsurlar faoliyatiga ta‘sir qiladi. 2. Metasimpatik tizim simpatik va parasimpatik tizimlar bilan sinapslar orqali bog‘langan, ammo somatik nerv tizimiga bevosita aloqasi yo‘q. 3. Umumiy ichki afferent yo`llaridan tashqari, o‘zining sensor qismi bor. 4. Nerv tizimining boshqa qismlari bilan qarama-qarshi munosabatda emas. 5. Markaziy nerv tizimidan muxtorlik darajasi simpatik va parasimpatik tizimlarnikidan yuqori. 6. Metasimpatik tizim faoliyatini maxsus dorilar yordamida to‘xtatish a‘zolarning ritmik harakat qilish qobiliyatini yo‘qolishiga olib keladi. 7. Metasimpatik nerv tizimi o‘z mediatorlariga ega. Avtonom nerv tizimi bo`laklari bir-biridan farq qilishidan tashqari, somatik nerv tizimidan ajratib turadigan xossalarga ham ega. Birinchi va asosiy tafovut tizimlar effektor neyronlarining MNT da egallagan joyida. Avtonom nerv tizimining effektor neyronlari orqa va bosh miyadan tashqarida joylashgan. Somatik nerv tizimining effektor neyronlari esa orqa miyaning kul rang moddasida joylashgan.
Ikkinchi tafovut shundaki, orqa miyaning oldingi ildizlari kesib tashlansa, somatik efferent tolalar bitta qolmay yemirilib ketadi. Avtonom nerv tizimining efferent tolalri o‘zgarmaydi, chunki somalari chetdagi tugunlardagi neyrinlarning o‘simtalaridir.
Uchinchidan, somatik nervlar orqa miya va miya stvolidan bir tekis, segmentma-segment chiqqn. Ular tanada biri tarqalgan sohani ikkinchisi ham nervlaydi. Avtonom nerv tizimi tolalari MNTning chegaralangan va bir-biridan ancha uzoq bo`lgan markazlardan (mezensefal, bulbar, sakral va torakolyumbal) chiqadi.
Yana bir tafovut shundaki, avtonom nerv tizimi tolalari ingichka, miyalinsiz. Ulardan qo‘zg‘alishning o‘tish tezligi 1-3 m/s dan oshmaydi, qo‘zg‘aluvchanligi past va xronaksiyasi katta.
Avtonom refleks yo`lidan o‘tuvchi impulslar oraliq va effernt neyronga chetdagi tugunlarda yoki miyadagi markazlarda tutashadi. Ammo afferent neyron efferent neyron bilan bu yoylarda bevosita tutashmaydi, ular orasida oraliq neyron bor. Qo‘zg‘alish kamida ikkita sinapsdan o‘tadi. Bu sinapslarda noradrenalin bilan bir qatorda GAMK ham mediator vazifasini bajarishi mumkin.
Avtonom nerv tizimining afferent tolalari orqali markazga yetib kelgan impulslar tahlili faqat quyi markazlarda emas, balki yuqori markazlarda ham davom etadi. Bu impulslar ko‘tariluvchi yo`llar bo‘ylab to‘rsimon formatsiyaga, miyachaga va vestibulyar yadroga yetib keladi. Visseral va somatik afferent impulslar to‘rsimon formatsiyaning faolligini saqlab turishda katta ahamiyatga ega.
Oraliq miyadagi gipotalamusni visseral faoliyatlarni boshqaradigan markazlar majmuasi, degan edik. Tabiiyki, avtonom nerv tizimining afferent signallari talamus yadrolariga ham yetib keladi. Bu yadrolar faoliyati o‘zgarib, retseptorlari qo‘zg‘algan tizim va boshqa a‘zolar o‘rtasidagi faoliyatning uyg‘unligini ta‘minlaydi, visseral faoliyatlarni somatik faollik darajasiga moslashtiradi.
Avtonom nerv tizimining afferent qismlari bosh miya po‘stlog‘iga ham proyesiyalangan. Birlamchi va ikkilarnchi somatosensor sohalar atrofida, po‘stloqning chakka sohalarida visseral nervlarning vakillaiklari aniqlangan

Download 16.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling