3-mavzu: Vegetativ va periferik asab tizimi tuzuvchi dilshoda murodova simpatik parasimpatik metasimpatik nerv tizimi avtonom refleks yoyi qismlari


AVTONOM REFLEKS YOYLARNING EFFERENT QISMI


Download 16.29 Kb.
bet3/4
Sana03.12.2023
Hajmi16.29 Kb.
#1797249
1   2   3   4
Bog'liq
FIZIO 13 MUSTAQIL

AVTONOM REFLEKS YOYLARNING EFFERENT QISMI
Simpatik va parasimpatik effektor yo`llarning somatik efferent yoidan asosiy farqi shundaki, birincchilari ikki neyronli. Birinchi – preganglionar neyron yuqorida ko‘rsatilgan avtonom markazlarda bo`lib, aksoni tashqariga, simpatik tizimning para- va prevertebral tugunlariga, hamda parasimpatik tizimning intramural yoki a‘zoga yaqin tugunlariga yoi oladi. Bu tugunlarda ikkinchi neyron soma va dendritlari preganglionar tola oxirlari bilan bevosita yoki oraliq neyron ishtirokida sinapslar orqali bog‘lanadi. Visseral afferent tolalarning bir qismi tugunlarning o‘zida, MNT ga yetmasdan, efferent neyronlarga ulanishi mumkin. Natijada mahalliy refleks yoyi shakllanadi, periferik refleks yuzaga chiqishi uchin tuzilma asos paydo bo`ladi. Bunday reflekslar sodir bo`lishida tugun markaziy nerv tizimi rolini bajaradi. Yakka avtonom efferent neyronlarning fiziologik xossalari somatik neyronlarnikidan farq qiladi: avtonom neyronlarning qo‘zg‘aluvchanligi pastroq, shuning uchun qo‘zg‘alish ritmi sekundiga 10-15 dan oshmaydi: ba‘zi avtonom neyronlar spontan faollikka ega (o‘z-o‘zidan qo‘zg‘alib turadi).
AVTONOM NERV TIZIMI MEDIATORLARI
Mediator deb tan olingan birinchi modda – atsetilxolin. 1921-yilda avstriyalik olim O.Lyovi sayyor nervnning yurakka shu modda yurdamida ta'sir o'tkazishini isbotladi. O.Lyovi topgan xolinesteraza fermenti ingibitoridan foydalanib, ingliz farmakologi G.Deyl atsetilxolinni ko'pgina parasimpatik tuzilmalarda topdi. 1935-1936 yillarda bu ikki olim hamkorlikda ishlab, qo'zg'alishning kimyoviy moddalar yordamida o'tkazilish nazariyasini bayon qildilar. Bu kashfiyotlari uchun 1936-yilda Otto Lyovi va Genri Deyl Nobel mukofotiga sazovor bo'lishdi.
Atsetilxolin. Hozir atsetilxolin barcha (simpatik va parasimpatik) preganglionar tolalarning oxirlarida va skelet muskullaridagi tomirlarni kengaytiruvchi va ter bezlarini nervlovchi simpatik postganglionar tolalar oxirlarida ajraladi, deb hisoblaydilar. Ko'rinib turibdiki, atsetilxolin - juda keng tarqalgan mediator.
Atsetilxolinga sezgir bo'lgan postsinnaptik membranadagi retseptorlar bir xol emas. Ulardan ba'zilari nikotin bilan ta'sirlanganda, xuddi atsetilxolin ta'sir qilgandek javob qaytaradi va N-xolinoretseptorlar (nikotin- xolinoretseptorlar) nomini olgan. Boshqa retseptorlar atsetilxolin bilan bir qatirda qo'ziqorin zahari – muskaringa sezgir. Ularni M- xolinoretseptorlar (muskarin xolinoretseptorlar), deyishadi.
Qonga yuborilgan atsetilxolin talay a'zolar faoliyatiga ta'sir qiladi: yurak faoliyatini susaytiradi, bronxlarni toraytirib, ularda shilimshiq ajralishini ko'paytiradi, me'da va ichak harakatlarini kuchaytiradi. Ammo bu moddani parchalaydigan ferment – atsetilxolinestersza keng tarqalganidan, tez parchalanib, o'z ta'sirini yo'qotadi.
Noradrennalin va adrenalin. Adrenalinning mediatorligini ham O.Lyovi aniqlagan. Adrenalindan tashqari mediator rolini tuzilishi jihatidan unga o'xshash bo'lgan ikkita katexolarnin – noradrenalin va dofamin bajaradi. Katexolarninlarning faoliyatga va a'zolarga ta'siri maxsus adrenoretseptorlar bilan birikkandan keyin yuzaga chiqadi. Farmakologik usukkar yordamida ikki turdagi adrenoretseptorlar bborligi aniqlangan. Ular alfa- vabeta-adrenoretseptorlar, deyiladi.

Download 16.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling