3-mavzu. “Yashil iqtisodiyot”ni baholash amaliyoti va indikatorlari
Download 0.52 Mb.
|
2-taqdimot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Demateriallashtirish
Iqtisodiy dastaklarMas’uliyat qoidasi va kompensatsiya dasturlari – ishlab chiqaruvchilarni faoliyat natijalari (neft yoki qazilma boyliklar qazib chiqarish) tufayli yetkazilishi mumkin bо‘lgan ekologik zararni hisobga olish yoki oldini olishlarini rag‘batlantiruvchi dasturlar. Utillashtirish (yо‘q qilish) dasturlari – iste’molchilarga atrof- muhitga zarar yetkazishi mumkin bо‘lgan mahsulotni sotib olishda muayyan summani tо‘lash va mahsulotni keyinchalik tegishli markazlarga qayta ishlash yoki yо‘q qilish uchun topshirganda tо‘langan summani qaytarishni kо‘zda tutuvchi dastur.Axborot dastaklari – iqtisodiy subyektlarni yashil iqtisodiyotni shakllantirish bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan ta’minlashning muqobil uslublari yoki usullari tо‘g‘risida xabardor qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan dastaklar.
Demateriallashtirish – mavjud zaxiralarni qisqartirish hisobiga omborlar uchun ajratilgan maydonlarni tejash.
“Yashil AKT” deyilganda kompyuter texnologiyalari va aloqa vositalaridan foydalanishda ekologiyaga minimal ta’sir etish va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida maksimal darajada ijobiy samaraga erishish uchun texnologik qarorlar qabul qilish tushuniladi. Ushbu texnologik qarorlarga energiya iste’molini qisqartirish, AKTning xizmat muddatini uzaytirish, kompyuter texnologiyalari va aloqa vositalarini xavfsiz utillashtirish, ulardan ikkilamchi foydalanish, omborlar va ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari faoliyatini ta’minlash uchun qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish va boshqalarni kiritish mumkin.Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling