3-mavzu. “Yashil iqtisodiyot”ni baholash amaliyoti va indikatorlari
Download 0.52 Mb.
|
2-taqdimot
“Yashil AKT” deyilganda kompyuter texnologiyalari va aloqa vositalaridan foydalanishda ekologiyaga minimal ta’sir etish va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida maksimal darajada ijobiy samaraga erishish uchun texnologik qarorlar qabul qilish tushuniladi. Ushbu texnologik qarorlarga energiya iste’molini qisqartirish, AKTning xizmat muddatini uzaytirish, kompyuter texnologiyalari va aloqa vositalarini xavfsiz utillashtirish, ulardan ikkilamchi foydalanish, omborlar va ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari faoliyatini ta’minlash uchun qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish va boshqalarni kiritish mumkin.Raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish iqtisodiyotni “yashillashtirish”da juda katta imkoniyatlar yaratadi. AKT yordamida elektron hujjat aylanishini joriy etish, elektron ommaviy axborot vositalari, elektron kitoblar va musiqani rivojlantirish, elektron tijorat va internet-bankingni kengaytirish, turli uchrashuvlarni tashkil etishda elektron pochta va videokonferensiyalardan foydalanish, masofadan turib ishlash rejimini joriy etish orqali iste’molni demateriallashtirish, inson faoliyatining kо‘plab sohalarini virtuallashtirish amalga oshirilmoqda. Дематериаллаштириш – мавжуд захираларни қисқартириш ҳисобига омборлар учун ажратилган майдонларни тежаш.
XMT ta’rifiga muvofiq, “yashil” ish о‘rinlari – bu iqtisodiyotning an’anaviy (ishlab chiqarish va qurilish) yoki yangi “yashil” tarmoqlari (qayta tiklanadigan energiya va energiya samaradorligi)da atrof-muhitni saqlab qolish yoki tiklashga kо‘maklashuvchi munosib ish о‘rinlaridir.Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling