3-mavzu. “Yashil iqtisodiyot”ni baholash amaliyoti va indikatorlari
Download 0.52 Mb.
|
2-taqdimot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4. “Yashil iqtisodiyot”ning axborot resurslari va “yashil iqtisodiyot” uchun inson kapitalini rivojlantirish
2-mavzu. “YASHIL IQTISODIYOT”GA О‘TISHNING ZARURIYATI, TAMOYILLARI VA DASTAKLARI2.1. Resurslarning cheklanganligi va “yashil iqtisodiyot”ga о‘tish zaruriyati2.2. “Yashil iqtisodiyot”ga о‘tish tamoyillari2.3. “Yashil iqtisodiyot”ga о‘tish siyosatining dastaklari2.4. “Yashil iqtisodiyot”ning axborot resurslari va “yashil iqtisodiyot” uchun inson kapitalini rivojlantirishFan-texnika borasida erishilayotgan yutuqlar ta’sirida iqtisodiy rivojlanish va aholi turmush darajasining keskin о‘sishi dunyo aholisi sonining jadal sur’atlarda ortishiga sabab bо‘ldi. Fan- texnika yutuqlari dunyo aholisi sonining о‘sish sur’atlariga nisbatan yuqori iqtisodiy rivojlanish sur’atlarini ta’minlab berdi. Jumladan, XX asr davomida dunyo aholisi 3,6 martaga о‘sgani holda, dunyo yalpi ichki mahsuloti miqdori 18 martadan kо‘proqqa ortgan. Tahlillar kо‘rsatishicha, dunyo aholisining kо‘payishi va iqtisodiy о‘sishning muntazam ravishda atrof muhitga bо‘lgan yukning oshib borishiga olib keldi. Sо‘ngi yuz yillikdagi aholining soni va iqtisodiy faolligining oshishi hisobiga dunyo okeanining oksidlanish darajasi deyarli 1,2 martaga (2000 yilda 1900 yilga nisbatan) oshdi, tropik о‘rmonlarning yо‘qotilish darajasi 6 marta oshdi, uglerod oksidi chiqarilishi 1,5 martaga kо‘paydi. Dunyo aholisi iqtisodiy faolligining oshishi natijasida yuz berayotgan bunday iqlim о‘zgarishlari о‘rta muddatli istiqbolda jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling