3-mavzu. “Yashil iqtisodiyot”ni baholash amaliyoti va indikatorlari


Download 0.52 Mb.
bet9/9
Sana20.09.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1682637
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-taqdimot

Iqtisodiy dastaklar – atrof-muhit bilan bog‘liq muammolarni hal etishda keng qо‘llaniladigan bozor dastaklari (narx mexanizmi, soliqlar, subsidiyalar va b.). Ekologik soliqlar va yig‘imlar – ishlab chiqaruvchilar yoki iste’molchilar tomonidan atrof-muhitga yetkazilgan zarar, chiqarib tashlangan chiqindilarning atrof-muhitni ifloslantirish darajasiga bog‘liq holda undiriladigan soliqlar yoki yig‘imlar. Utillashtirish (yо‘q qilish) dasturlari – iste’molchilarga atrof- muhitga zarar yetkazishi mumkin bо‘lgan mahsulotni sotib olishda muayyan summani tо‘lash va mahsulotni keyinchalik tegishli markazlarga qayta ishlash yoki yо‘q qilish uchun topshirganda tо‘langan summani qaytarishni kо‘zda tutuvchi dastur. Ekologik jihatdan asoslangan subsidiyalar yoki tо‘lovlar – hukumat tomonidan iste’molchilar yoki ishlab chiqaruvchilarga ekologik sof texnologiyalar (jumladan, shamol turbinalari yoki quyosh panellari)ni ishlab chiqish, joriy etish va undan foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida tо‘laydigan tо‘lovlar. Mas’uliyat qoidasi va kompensatsiya dasturlari – ishlab chiqaruvchilarni faoliyat natijalari (neft yoki qazilma boyliklar qazib chiqarish) tufayli yetkazilishi mumkin bо‘lgan ekologik zararni hisobga olish yoki oldini olishlarini rag‘batlantiruvchi dasturlar. Savdo ruxsatnomalari – atrof-muhitni ifloslantirishning umumiy darajasi shaklida belgilanadigan, da’vogarlar о‘rtasida davlat tomonidan taqsimlanadigan yoki auksion orqali sotiladigan ruxsatnoma yoki sertifikatlar. Axborot dastaklari – iqtisodiy subyektlarni yashil iqtisodiyotni shakllantirish bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan ta’minlashning muqobil uslublari yoki usullari tо‘g‘risida xabardor qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan dastaklar. Demateriallashtirish – mavjud zaxiralarni qisqartirish hisobiga omborlar uchun ajratilgan maydonlarni tejash. “Yashil” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) – kompyuter texnologiyalari va aloqa vositalaridan foydalanishda ekologiyaga minimal ta’sir etish va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida maksimal darajada ijobiy samaraga erishish borasida qabul qilingan texnologik qarorlar.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling