3 mavzu. Yurak qon tomir tizimi kasalliklarida davolovchi parhez ovqatlar
Download 27.02 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bayoni
Mavzu bayoni: Yurak qon – tomir xastaliklari butun dunyoda, shu jumladan, Respublikamizda ham keng tarqalgan kasalliklar guruhiga kiradi. Ular orasida qon bosimining ko‘tarilishi ya’ni gipertoniya kasalligi, tomirlar aterosklerozi (ularning ichida yog‘ zarrachalarini o‘tirib qolishi) bilan bog‘liq bo‘lgan yurak ishemik kasalligi va uning og‘ir shakllari stenokardiyalar hamda miokard infarkti alohida o‘rin tutadi. Evropa kardiologlar jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra har 1 million aholi orasida yurak – ishemik kasalligi 30 – 40 ming odamda kuzatiladi. Amerika Qo‘shma SHtatlarida yurak ishemik kasalligiga chalingan 11 million aholidan har yili 500.000 dan ko‘prog‘i olamdan o‘tadi. Ushbu raqamlardan ko‘rinib turibdiki, yurak qon – tomir kasalliklari XXI asrda ham aholi salomatligiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri bo‘lib qoladi. Uning asosiy sabablaridan biri ilm – fanning mislsiz taraqqiyoti va jismoniy mehnatning kamayib ketganligi, yuqori kaloriyali oziq – ovqatlarni tartibsiz iste’mol qilinishidir. Kamharakatlik hamda yog‘, shirinliklarni suiste’mol qilish semizlik va qon – tomirlarning ateroskleroz bilan zararlanishiga olib keladi. Binobarin, shunday ekan ushbu guruhga kiruvchi kasalliklarni yuzaga kelishi ko‘p hollarda ovqatlanish bilan uzviy bog‘liq. SHuning uchun sog‘lom aholi ham yurak qon – tomir xastaliklariga chalinganlar ham ratsional ovqatlanish to‘g‘risida axborotga va o‘zlarini nazorat qila olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak. Chunki to‘g‘ri ovqatlanish yurak qon – tomir kasalliklarini oldini olishning asoslaridan birini tashkil etadi va xastalik yuzaga kelishini bartaraf etishda etakchi o‘rin tutadi. SHu o‘rinda, avvalambor, stenokardiyalar va miokard infarktiga aksariyat hollarda yurak tomirlarida ateroskleroz rivojlanishi ya’ni, yog‘ moddalarining tomirlar ichiga o‘tirib qolib ular o‘tkazuvchanligining buzilishi asosiy sababchisi (tromblar) ekanligini ya’na bir bor ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Aterosklerozga esa ko‘p hollarda ovqatlanish tartibi va me’yorini buzilishi olib kelishini esda tutish lozim. Quyida biz yuqorida keltirilgan asosiy qon – tomir kasalliklariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Gipertoniya kasalligi. Gipertoniya kasalligi aholi o‘rtasida keng tarqalgan bo‘lib qon bosimining barqaror oshishi bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu kasallik va uning og‘ir asoratlarini oldini olish uchun nafaqat shifokor, balki aholining keng qatlamlari ham yuqori qon bosimini mohiyati, uni oldini olish va zamonaviy davolash chora - tadbirlaridan yaxshi xabardor bo‘lishlari lozim. Kasallik to‘g‘risida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish, ongli ravishda hayot tarzini o‘zgartirish va davolashga yondashish, hamda qon bosimini nazorat qilib borish ijobiy samaraga erishishning garovidir. 18 yoshdan katta bo‘lgan va xavf omillari mavjud bo‘lmagan kishilarda qon bosimi 140/90 mm simob ustuniga teng va undan baland bo‘lsa yuqori hisoblanadi. Download 27.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling