"Men ezgu fikr (niyat)larni, ezgu so’zlarni va ezgu amallarni yoqtiraman. Men mazda yosin qonunlariga asoslangan targ’ibotlarni ulug’layman, deb yozgan. Demak, zardushtiylik iymoni quyidagi 3 tayanchga asoslangan: fikrlar sofligi, so’zning sobitligi, amallarning insoniyligi Oxuramazda odamlarni o’z istaklarida xolis bo’lib, bir-birlari bilan murosa qilib yashashni odat qilishlari, g’arazgo’ylik, kalondimog’, dimog’dorlik, shuxratparastlik, qonunbuzarlik kabi illatlardan o’zlarini tiyib yurishga chaqirgan.
Oxuramazda bergan pand-nasihatga binoan, "Bergan so’zining ustidan chiqish, unga sodik qolish, savdo-sotikda shartnomaga qat’iy amal qilish, qarzni vaqtida to’lash, aldamchilik va xiyonatdan xoli bo’lish iymonlilik alomatlaridir". Uning fikricha, iymonli odam o’g’rilik va talonchilikdan, begonalarning mol-dunyosiga ko’z olaytirishdan, o’z-o’ziga xiyonat qilishdan, ya’ni imoniga xilof ish qilishdan o’zini saqlay biladigan komil insondir. "Tanalaringizga nisbatan, degan u, qalbingiz haqida ko’proq qayg’uring", ya’ni avval ma’naviy dunyoyingiz musaffo bo’lsa, moddiy gurmushingiz ham mukammal bo’lib boraveradi. Bashoratlardagi Odam Ato haqidagi rivoyatlar o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bularda iyim nomi bilan birinchi odam va uning faoliyati haqidagi gaplar yozilgan. Masalan u, Oxuramazda irodasiga muvofiq, odamlarni, hayvonlarni va qushlarni parvarishlagan. er yuzida qizil shu’lali olovni ko’paytiradi va shu tarzda 300 yil yashagan. Oxuramazda unga oltin nayza bilan oltin qamchi hadya etgan. Er odamlar yashashi uchun torlik qilib kolganda, Iyim nayzani erga suqib, xudodan uni kengaytirishni iltijo qilgan va bunga erishgan. Oxuramazda Odam Atoga muzlamachilik ofati kelayotganidan xabar bergan, bu ofatning oldini olib qolish kerakligini aytgan. Iyim maxsus uy kurib, mavjud xamma xayvon va o’simliklarning eng’ yaxshi zoti va navidan bir juftdan saqlagan; natijada dunyoda tirik tabiatni ofatlardan saqlab qolgan. Biroq Iyim o’z ishiga ortiqcha baho berib, mag’rurlanib ketgan va xudo
Do'stlaringiz bilan baham: |