3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf
Sotish tannarxining hisobi
Download 0.61 Mb.
|
buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”
- 9130 “Bajarilgan ishlar va xizmatlarning tannarxi”
- 9140 “Davriy hisob usulida TMB ni sotib olish”
- 9150 “Davriy hisob usulida TMB bo‘yicha tuzatishlar”
11.2.Sotish tannarxining hisobi21-son BHMS ga muvofiq sotish tannarxining hisobi sotish turlariga qarab quyidagi schyotlarda olib boriladi: 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi aks ettiriladi. Bunda 2800 “Tayyor mahsulotlar hisobi schyotlari” kreditlanadi. Yil oxirida 9110- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyot asosan TMB larning uzliksiz hisob usulida ishlaydigan korxonalarda, shu jumladan ulgurji savdo korxonalarida, keng qo‘llaniladi, uning debetida yil maboynida sotilgan tovarlarning tannarxi aks ettiriladi. Bunda 2900 “Tovarlar hisobi schyotlari” schyoti kreditlanadi. Yil oxirida 9120- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. 9130 “Bajarilgan ishlar va xizmatlarning tannarxi” - ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyot asosan qurilish tashkilotlarida, xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarda, shuningdek turli faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda qo‘llaniladi, uning debetida yil maboynida buyurmachilarga topshirilgan bajarilgan ish va xizmatlarning tannarxi aks ettiriladi. Bunda 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”, 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”, 2710 “ Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar” schyotlari kreditlanadi. Yil oxirida 9130- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. 9140 “Davriy hisob usulida TMB ni sotib olish” - ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyot asosan TMB larning davriy hisob usulida ishlaydigan korxonalarda, shu jumladan chakana savdo va ommaviy ovqatlanish korxonalarida, qo‘llaniladi, uning debetida yil maboynida ta’minotchilardan olingan tovarlarning tannarxi aks ettiriladi. Bunda 6010 “Ta’minotchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar” schyoti kreditlanadi. Yil oxirida 9140- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. • 9150 “Davriy hisob usulida TMB bo‘yicha tuzatishlar”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyot asosan TMB larning davriy hisob usulida ishlaydigan korxonalarda, shu jumladan chakana savdo va ommaviy ovqatlanish korxonalarida, qo‘llaniladi. Davriy hisob usulida ishlayotgan korxonalarda sotilgan tovarlar tannarxini topish uchun davr oxirida inventarizatsiya o‘tqaziladi. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan TMB larning haqiqiy holati ularning davr boshidagi holati bilan taqqoslanadi, natijada TMB lar holatidagi o‘zgarish summasi (kamayish yoki ko‘payish) aniqlanadi. Aniqlangan farq summasi schyot bo‘yicha tuzatish summasini bildiradi. Agar tuzatish kamayish tomoniga qilinishi kerak bo‘lsa, o‘rtadagi farq 9150 “Davriy hisob usulida TMB bo‘yicha tuzatishlar” schyotining debetiga, agar tuzatish ko‘payish tomoniga qilinishi kerak bo‘lsa, u holda o‘rtadagi farq ushbu schyotning kreditiga yoziladi. Bunda TMB lar schyotlari (1000,1100,2000,2800,2900) mos ravishda kreditlanadi (kamayganda) va debetlanadi (ko‘payganda). Yil oxirida 9150- schyotda to‘plangan summa mos ravishda 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga (ko‘payganda) yoki kreditiga (kamayganda) yopiladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling