3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha muddati uzaytirilgan harajatlar


Download 0.61 Mb.
bet120/190
Sana22.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1042071
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   190
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha muddati uzaytirilgan harajatlar. Ushbu harajatlar vaqtinchalik farqlar evaziga hisobot davrida qo‘shimcha hisoblanadigan daromad(foyda) solig‘ini oldindan hisoblash natijasida yuzaga keladi. Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha daromad (foyda) solig‘i bir necha yillar uchun yoki kelgusi yil uchun oldindan hisoblanishi mumkin. Bunday soliq vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i deb ataladi. Oldindan hisoblangan daromad (foyda) solig‘i hisobot davrida korxonaning byudjet oldidagi qarzini oshishiga olib keladi. Bir yildan ko‘p muddatga oldindan hisoblangan daromad (foyda) solig‘i 0950 “Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad(foyda) solig‘i” schyotining debetiga va 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar” schyotining kreditiga yoziladi. Bir yilgacha muddatga oldindan hisoblangan daromad (foyda) solig‘i 3210 “ Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad(foyda) solig‘i” schyotining debetiga va 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar” schyotining kreditiga yoziladi. Har yilning oxirida uzoq muddatga kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘ining kelgusi joriy yilga tegishli bo‘lgan summasi 0950- schyotdan 3210 “ Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad(foyda) solig‘i” schyotining debetiga o‘tqaziladi. Muddati uzaytirilgan daromad (foyda ) solig‘i summasi to‘lov muddati yetib kelgan davrda byudjet oldidagi qarzlarni kamaytirishga olib boriladi. Bunday kamaytirish 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar” schyotining debetiga va 3210 “ Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad(foyda) solig‘i” schyotining kreditiga yoziladi. 3210 “ Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad(foyda) solig‘i” schyotining debet qoldiq summasi kelgusi yil boshiga byudjet oldidagi qarzni kechiktirilgan daromad (foyda ) solig‘i bo‘yicha kamaytirilishi kerak bo‘lgan summasini ko‘rsatadi.

  • Diskontlar (chegirmalar) bo‘yicha muddati uzaytirilgan harajatlar. Bunday harajatlar obligatsiyalarni chiqarib ularni nominal qiymatidan past narxlarda sotgan korxonalarda vujudga keladi. Obligatsiyalarni nominal qiymatidan past narxlarda bir yildan ortiq va undan kam muddatlarda qaytirish sharti bilan sotgan korxonalarda berilgan chegirma summasi mos ravishda 0960 “Diskontlar (chegirmalar) bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan harajatlar” va 3220 “Diskontlar (chegirmalar) bo‘yicha kechiktirilgan harajatlar” schyotlarida aks ettiriladi. Bunda mos ravishda 7830 “Uzoq muddatli to‘lanadigan obligatsiyalar” va 6830 “Qisqa muddatli to‘lanadigan obligatsiyalar” schyotlari kreditlanadi. Har yilning oxirida uzoq muddatga kechiktirilgan diskont (chegirmalar)ning kelgusi joriy yilga tegishli bo‘lgan summasi 0960- schyotdan 3220- schyotning debetiga o‘tqaziladi. Obligatsiyalarni qaytarish muddati kelgach, ular bo‘yicha haridorga berilgan diskont (chegirma) summasi 3220- schyotdan hisobot yilning moliyaviy faoliyatiga doir harajatlarga , ya’ni 9610 “Foizlar ko‘rinishidagi harajatlar” schyotiga , o‘tqaziladi. 0960 va 3220- schyotlarning davr oxiridagi qoldig‘i kelgusida moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlarga olib boriladigan muddati uzaytirilgan harajatlarning summasini ifodalaydi.

  • 1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   190




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling