3120 “Oldindan to‘langan xizmatlar haqi”- ushbu aktiv, doimiy schyotning debetida yil maboynida oldindan to‘lovi o‘tqazib qo‘yilgan xizmatlar haqi, masalan, obuna haqlari, sug‘urta haqi va boshqalar, aks ettiriladi. Bunda to‘lov shakliga ko‘ra 5010,5020,5110,5210,5220 schyotlar kreditlanadi. 3120- schyotning debetida aks ettirilgan va to‘plangan xizmat haqi summasi hisobot davri oylarida bir maromda ushbu schyotning kreditiga va korxonaning harajatlari schyotlarining
(0800,2010,2310,2510,9410,9420) debetiga yoziladi. Ushbu schyotning hisobot davri oxirida qolgan qoldiq summasi kelgusi davrga taalluqli bo‘lgan xizmat haqi to‘lovlari summasini bildiradi.
3190 “Boshqa oldindan to‘langan harajatlar” - ushbu aktiv, doimiy schyotning debetida hisobot davrida kelgusida bajariladigan va yakunlanadigan ishlar va xizmatlar uchun sarflangan harajatlar aks ettiriladi. Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va bu harajatlarni ifodalovchi schyotlarning kreditida (1000,2800,5010, 5110,5120,5210,5220,6010, 6710,6520,6990 va boshqa schyotlar) aks ettiriladi. Kelgusida bajarilishi ko‘zda tutilgan ish, xizmatlar uchun qilingan oldindan to‘lovlar hisobot davriga kelib harajat yoki aktiv sifatida tan olinishi mumkin. Aktiv sifatida tan olingan oldindan to‘lovlar 0400 “Nomoddiy aktivlar hisobi schyotlari”, 2800 “tayyor mahsulotlar hisobi schyotlari” va boshqa aktivlarni aks ettiruvchi schyotlarning debetiga va 3190 –schyotning kreditiga yoziladi. Aktiv sifatida tan olinmagan oldindan to‘lovlar hisobot davri harajatlariga (0800,2010,2310,2510,9410,9420) olib boriladi. Ushbu schyotning hisobot davri oxirida qolgan qoldiq summasi kelgusi davrga taalluqli bo‘lgan to‘lovlar summasini bildiradi.
Kelgusi davr harajatlarining analitik hisobi har bir schyotda harajat moddalari va harajat ob’ektlari (yo‘nalishlari) bo‘yicha olib boriladi.
21-son BHMS ga muvofiq korxonalarning muddati uzaytirilgan harajatlari asosan uchta turga ajratiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |