Debet 8710 “Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) “ Kredit 8520 “Rezerv kapitali”
Hisobot yilning taqsimlanmay qolingan sof foydasi o‘tgan yillarning jamlangan foydasiga qo‘shilsa
Debet 8710 “Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) “ Kredit 8720 “Jamlangan foyda (qoplanmagan zarar)”
Agar o‘rtoqchilik jamiyati hisobot yili yakuni bo‘yicha zarar bilan chiqgan bo‘lsa, ushbu zarar summasi 8720 “Jamlangan foyda (qoplanmagan zarar” schyotining debetiga o‘tqaziladi, ya’ni:
Debet 8720 “Jamlangan foyda (qoplanmagan zarar)”
Kredit 8710 “Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) “
Shunday qilib, o‘rtoqchilik jamiyatlarida hisobot yilning oxiriga 8710 “Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) “ schyoti to‘lig‘icha yopiladi va ushbu vaqtinchalik (tranzit) schyot qoldiqga ega bo‘lmaydi.
Aksionerlik jamiyatlarida 8710 “Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) “ schyotida to‘plangan foyda yoki zarar summasini aksionerlar yig‘ilishi qarorisiz taqsimlab bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq aksionerlarning umumiy yig‘ilishlari kelgusi yilning 1 may oyigacha o‘tqaziladi. Shu sababli aksionerlik jamiyatlarida 8710 “Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) “ schyotida to‘plangan foyda yoki zarar summasi kelgusi yilga qoldiq sifatida o‘tqaziladi, u faqat hisobot yili foydasi (zarari) taqsimlangach yopiladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda hisob jarayonining oxirgi bosqichi bo‘lgan moliyaviy hisobotni tuzish mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2003 yil 24 yanvarda 1209-tartib raqam bilan ro‘yxatga olingan «Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha Qoidalar» ga muvofiq amalga oshiriladi. Quyida moliyaviy hisobotning alohida shakllarini ushbu Qoidalar asosida tuzish tartibiga to‘xtalamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |