3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Download 0.61 Mb.
bet158/190
Sana22.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1042071
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   190
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

Kasbiy xizmatlar – bu auditorlik tashkilotlarining shartnomalar asosida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga hisobni yuritib berish, uni tiklash, soliq deklaratsiyalarini tuzib berish, biznes rejani tuzish va boshqa kasb ishlarini bajarib berish borasidagi ish faoliyati.

  • Shunday qilib, yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqgan holda audit va auditorlik faoliyatlariga quyidagicha ta’rif berish mumkin.

  • Audit - bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini davlat va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning manfaatlari nuqtai nazaridan qonunlar va va boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelishini ichki va tashqi nazoratdan o‘tqazish, tahlil va ekspertiza qilish, shuningdek konsalting va boshqa turdagi kasbiy xizmatlarni ko‘rsatish tizimi.

  • Auditorlik faoliyati –bu bu maxsus auditorlik tashkilotining boshqa yuridik shaxslarga tadbirkorlik asosida ko‘rsatayotgan xizmatlarining majmuasi, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektning maxsus bo‘limlari yoki xodimlarining tasdiqlangan Nizomlarga ko‘ra yuritayotgan ish faoliyatidir.

  • Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini yaxshilash va rivojlantirishda auditorlik tashkilotlari tomonidan o‘tqaziladigan tashqi auditning o‘rni beqiyosdir. Quyida ushbu auditning turlariga, ularning mohiyati, maqsadi va vazifalariga to‘xtalib o‘tamiz.

  • O‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida Qonuni»ga muvofiq (9,10,11-moddalar) xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda o‘tqaziladigan tashqi audit, asosan, ikkita turga bo‘linadi:

    • majburiy audit;

    • tashabbusli audit.

    • Majburiy audit deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan hisobot yili yakuni bo‘yicha tuzilgan moliyaviy hisobotlarni realligini bilish maqsadida o‘tqaziladigan audit tushuniladi. Qonunga asosan (10-modda) quyidagi tashkilotlar har yili majburiy auditdan o‘tishlari shart:

    • aksionerlik jamiyatlari;

    • banklar va boshqa kredit beruvchi tashkilotlar;

    • sug‘urta tashkilotlari;

    • yuridik va jismoniy shaxslar mablag‘larini to‘plovchi investitsiya va boshqa fondlar, ularning boshqaruvchi kompaniyalari;

    • mablag‘lari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ajratmalari hisobidan shakllanadigan xayriya va boshqa ijtimomiy fondlar;

    • mablag‘larining tashkil topish manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning qonunlarda ko‘zda tutilgan majburiy ajratmalaridan iborat bo‘lgan byudjetdan tashqari fondlar;

    • ustav fondida davlat ulushiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar.

    • Majburiy holda o‘tqaziladigan audit, odatda, kompleks harakterga ega bo‘ladi, shuningdek ushbu auditni moslik auditi deb ham ataydilar.

    • Kompleks audit deganda moliyaviy xo‘jalik faoliyatini to‘liq qamrab olgan auditorlik tekshiruvi tushuniladi.

    • Moslik auditi deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisobotlarini harakatdagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga mos ravishda tuzilganligiga xulosa berish bilan yakunlanadigan auditorlik tekshiruvi tushuniladi.

    • Majburiy auditning o‘tqazilishi davlat tomonidan nazorat qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlarining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida» 365-son qaroriga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘zlarining yillik moliyaviy hisobotlarini hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayigacha auditorlik tekshiruvidan o‘tqazishlari, auditorlik tekshiruvi tamom bo‘lgandan so‘ng 15 kun ichida tegishli soliq idorasiga auditorlik xulosasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasini taqdim etishlari lozim. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan «Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tqazilishidan bo‘yin tovlaganligi uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan jarima o‘ndirish tartibi to‘g‘risida Nizom» ga muvofiq yuqorida keltirilgan tartibga amal qilmagan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan soliq idorasi tomonidan moliyaviy jazo, ya’ni jarima, belgilanadi va bu jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 10 kun maboynida o‘ndiriladi. Jarimalar miqdori ushbu Nizomga asosan quyidagicha belgilangan:


      • Jarimalar miqdori*

      • Yillik mahsulot (ish, xizmat) larni sotishdan olingan yalpi tushum miqdori (QQS bilan birgalikda)**

      • Eng kam oylik ish haqi

      • miqdorining 100 barobari

      • Eng kam ish haqi miqdorining 500 barobarigacha

      • Eng kam oylik ish haqi

      • miqdorining 300 barobari

      • Eng kam oylik ish haqi

      • miqdorining 500 barobari

    • *Jarimalar miqdorini aniqlashda eyeng kam ish haqining jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarilgan sanadagi miqdoridan foydalaniladi;

    • ** Byudjetdan tashqari va xayriya jamg‘armalari uchun yalpi tushum deganda amaldagi tushumlar, shu jumladan a’zolik badallari, tushuniladi.


    • Download 0.61 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   190




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling