3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


BHMS № 12 «Moliyaviy investitsiyalarning hisobi»


Download 0.61 Mb.
bet32/190
Sana22.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1042071
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   190
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

BHMS № 12 «Moliyaviy investitsiyalarning hisobi» qimmatli qog‘ozlar qiymatini qayta baholashni quyidagi uchta usullardan biri bo‘yicha amalga oshirishni taqoza etadi:

  • Qimmatli qog‘ozlar nomlari bo‘yicha;

  • Qimmatli qog‘ozlar guruhlari bo‘yicha;

  • To‘liq investitsiya portfeli bo‘yicha

Qarz va kredit shartnomasiga muvofiq qarz va kredit sifatida kiritilgan investitsiyalar qayta baholanishi ham mumkin. Qayta baholash investitsiyaga kiritilgan asosiy vositalar va moddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatlari hukumat qarorlari yoki korxonaning mulkini boshqa mulk shakliga aylanishi munosabati bilan mutassadi tashkilot qarori bilan o‘zgartirilganda amalga oshiriladi. Bunday holda investor investitsiyaga kiritgan uzoq muddatli aktivlarining balans qiymatini o‘zgartiradi va o‘sha qiymatda keyingi sanalarda ularni balansda aks ettiradi. Qayta baholash tovar-moddiy zahiralarga ham taalluqli bo‘lib, ularning balans qiymatini o‘zgarishi investitsiya qiymatini ham o‘zgarishiga olib keladi. Qarz va kredit sifatida investitsiyaga kiritilgan aktivlarning qayta baholanishi shartnoma shartlariga muvofiq investorning oladigan daromadiga ta’sir qilishi ham, ta’sir qilmasligi ham mumkin.
Aktivlarni qarz va kredit sifatida investitsiyaga kirituvchi korxonalar o‘zlarining hisob siyosatlarida baholash va qayta baholash tartiblarini , ularni korxona daromad va harajatlariga ta’sirini , shuningdek qayta baholash natijalarini schetlarda aks ettirish usullarini ochib berishlari lozim.
21-son BHMS ga muvofiq uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning hisobini yuritish uchun maxsus 0600 «Uzoq muddatli investitsiyalar hisobi schyotlari» tizimida quyidagi schyotlar ko‘zda tutilgan:

  • 0610 «Qimmatli kogozlar»

  • 0620 «Sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar»

  • 0630 «Qaram xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar»

  • 0640 «Chet el kapitaliga ega korxonalarga investitsiyalar»

  • 0690 «Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar»


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling