3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf
Qimmatli qog‘ozlarga kiritilgan investitsiyalar
Download 0.61 Mb.
|
buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’sis badali sifatida kiritilgan investitsiyalar
Qimmatli qog‘ozlarga kiritilgan investitsiyalar deganda ochiq aksionerlik jamiyatlari va aksionerlik tijorat banklarini chiqargan aksiyalarini va boshqa qimmatli qog‘ozlarga tenglashtirilgan ekvivalentlarni sotib olishga sarflangan mablag‘lar tushuniladi. Sotib olingan aksiyalar korxonaga dividend ko‘rinishida daromad keltiradi, shuningdek ular korxonaga aksionerlik jamiyati yig‘ilishlarida ovoz berish huquqini ham beradi. Qimmatli qog‘ozlarga tenglashtirilgan ekvivalentlarga obligatsiyalar, veksellar, depozit sertifikatlari kiradi. Bu turdagi moliyaviy investitsiyalar, asosan, qisqa muddatli bo‘lib, ular korxonaga foiz ko‘rinishida daromad keltiradi.
Korxona ixtiyoridagi barcha qimmatli qog‘ozlar birgalikda korxonaning investitsion portfelini tashkil etadi. Qarz va kredit sifatida kiritilgan investitsiyalar deganda, korxonalarga moliyaviy yordam berish maqsadida berilgan mablag‘lar tushiniladi. Bu guruh investitsiyalar imtiyozli va imtiyozsiz bo‘lishi mumkin. Imtiyozli investitsiyalar deganda, ustama foizsiz yoki imtiyozli (kichik miqdorli) foizlar asosida berilgan qarz va kreditlar tushuniladi. Imtiyozsiz investitsiyalar deganda ma’lum muddatga kelishilgan foizlar asosida berilgan qarz va kreditlar tushuniladi. Shunday qilib, qarz va kredit sifatida kiritilgan investitsiyalar korxonalarga foizlar ko‘rinishida daromad keltiradi yoki daromad keltirmaydi. Ta’sis badali sifatida kiritilgan investitsiyalar deganda, korxonaning yangi tashkil etilgan boshqa korxonalarning ustav kapitaliga mablag‘ kiritishi tushuniladi. Korxonalar ta’sis badali sifatida mablag‘larni qizaloq korxonalarga, qo‘shma korxonalarga, uyushgan korxonalarga, qaram jamiyatlarga va boshqa turdagi korxonalarga kiritishlari mumkin. Bu guruh investitsiyalar korxonalarga ta’sis etilgan boshqa korxonalar foydasidan ulush olish ko‘rinishida daromad keltiradi. Kiritilgan mablag‘larning turiga ko‘ra moliyaviy investitsiyalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: • Uzoq muddatli aktivlar bilan kiritilgan moliyaviy investitsiyalar ; • Qiska muddatli aktivlar bilan kiritilgan moliyaviy investitsiyalar. Uzoq muddatli aktivlar hisoblangan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tugallanmagan kapital qo‘yilmalar, qimmatli qog‘ozlar qarz va kredit sifatida, ta’sis badali sifatida turli mulk va shakldagi boshqa korxonalarga investitsiya tarzida kiritilishi mumkin. Qisqa muddatli aktivlardan qimmatli qog‘ozlarga asosan pul mablag‘lari kiritiladi. Qarz va kredit, shuningdek ta’sis badali sifatida qisqa muddatli aktivlarning debitorlik qarzlaridan tashqari barcha turlari kiritilishi mumkin. Moliyaviy investitsiyalarning barchasiga taalluqli umumiy xususiyatlar mavjud. Ularning asosiylariga quyidagilarni kiritish mumkin. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling