3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Download 0.61 Mb.
bet27/190
Sana22.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1042071
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   190
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

Mualliflik huquqibu yozilgan kitob, yaratilgan musiqa , tasviriy san’at va boshqa asarlar uchun uning muallifiga berilgan huquq. Ushbu huquq asarlar egalariga ularni chop ettirish, qayta bosmaga berish, ko‘paytirish, sotish, yozdirish, ijro etish, taqsimlash va shu kabi boshqa harakatlarni qilishni o‘z ichiga oladi.

  • Litsenziya –bu u yoki bu xo‘jalik faoliyati, xo‘jalik operatsiyasi bilan shug‘ullanish uchun davlatning kompetent organi tomonidan berilgan ruxsatnoma. Litsenziya maxsus rasmiy hujjat bo‘lib, u korxonaga unda ko‘rsatilgan faoliyat turini belgilangan muddat ichida amalga oshirishga ruxsat beradi. Litsenziya olish lozim bo‘lgan faoliyat yoki operatsiyalarning turlari, litsenziya berish vakolati yuklatilgan kompetent organlar davlat tomonidan belgilanadi. Litsenziya olish uchun korxona tegishli kompetent organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • Litsenziya berish to‘g‘risida ariza, unda faoliyat turi, muddati ko‘rsatiladi;

  • Korxonaning natariusdan tasdiqlangan ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav, davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi qaror va boshqalar);

  • Davlat soliq idorasida hisobga olinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma nusxasi;

    • Boshqa talab qilingan hujjatlar
    Litsenziya berilgan muddatida kuchga ega bo‘ladi. Korxonaning tugatilishi bilan litsenziya o‘z kuchini yo‘qotadi.
    Savdo markasi, savdo belgilari va sanoat namunalari- bu korxona tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmat uchun berilgan nomlar yoxud ramzlar, masalan «Koka-Kola», «Neksiya», «Soni», «Xon» va shu kabilar. Egalik qilish maqsadida ushbu savdo markalari, savdo belgilari va sanoat namunalari davlat ro‘yxatidan o‘tqazilishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tqazilgan belgilar, ramzlar bo‘yicha egalik huquqi qonun asosida himoyalanadi.
    Dasturiy ta’minot - bu zamonaviy kompyuterlarda texnik-iqtisodiy hisobkitoblarni olib borish bo‘yicha yaratilgan dasturlar, algoritmlar to‘plami.
    Franchayzlar – bu yangi formula va algoritmlarni, texnologiyalarni, tashqi ko‘rinish va belgilarni qullash bo‘yicha huquq. Ushbu huquq franchayzga (foydalanish huquqini oluvchi) franchayzor (foydalanish huquqini beruvchi) tomonidan maxsus franchayz shartnomasi asosida beriladi. Masalan, ketchup ishlab chiqarish texnologiyasidan foydalanish huquqini «Baltimor-Chelek» qushma korxonasiga «Baltimor» xolding kompaniyasidan franchayz shartnomasi asosida olgan.
    Gudvil - bu korxonaning sof aktivlarini sotib olish qiymati va bozor qiymati (yoki haqqoniy hisob qiymati) o‘rtasidagi farq bo‘lib, u faqat birinchi qiymat ikkinchisidan ortiq bo‘lganda vujudga keladi. Masalan, sotib olingan korxonaning qiymati 40 mln. so‘m, uning aktivlarining bozor qiymati yoki haqqoniy hisob qiymati –45 mln. so‘m, korxonaning majburiyatlari –8 mln. so‘m. Bu holda, sotib olinayotgan korxonaning sof aktivlarining haqqoniy (bozor) qiymati –37 mln so‘m (45-8) bo‘ladi. O‘rtadagi 3 mln. so‘mlik (40 –37) farq sotib oluvchi korxona uchun gudvil hisoblanadi. Gudvil yuqori narxlarda sotib olingan aktivlarni kelgusida katta daromad keltirishi mumkinligi aniq bo‘lgan hollarda samarali hisoblanadi.

    Download 0.61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   190




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling