3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Ishlab chiqarish zaxiralari –


Download 0.61 Mb.
bet35/190
Sana22.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1042071
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   190
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

Ishlab chiqarish zaxiralari –bu ishlab chiqarishning moddiy asosini tashkil etuvchi mehnat predmetlaridir. 4-son BHMS «Tovar-moddiy zahiralar» ga muvofiq, ishlab chiqarish zahiralariga quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘lgan aktivlar kiradi:

  • Xom- ashyo va materiallar- mahsulot (ish, xizmat) ni ishlab chiqarish (bajarish)da uning moddiy asosini tashkil qiluvchi mehnat predmetlari;

  • Yarim tayyor mahsulotlar ( polufabrikatlar ) –bu ishlovning ma’lum texnologik bosqichlaridan o‘tgan, lekinda mustaqil tayyor material sifatida tan olinishi mumkin bo‘lmagan, keyingi ishlavga muhtoj mehnat predmetlari;

  • Butlovchi qismlar – bu buyumni bir butun holatga keltirishda zarur bo‘lgan qismlari. Yoqilg‘i –bu ishlab chiqarishda ishlatiladigan yoqilg‘ilar (benzin, kerosin, salyarka, suyultirilgan gaz va boshqalar);

  • Moylash materiallari –bu texnik vositalarni ishlatishga ketadigan solidol, aftol va shu kabi moylar.

  • Ehtiyot qismlar –bu texnik vositalarning tarkibiy unsurlari ( porshen, gilza, ballon, kamera va boshqalar );

  • Qurilish materiallari – bu ob’ektlarni qurish, ta’mirlashda qullaniladigan materiallar (g‘isht, taxta, sement va boshqalar);

  • Yem-xashaklar – bu korxonalarning balansida turgan hayvonlarni saqlash, o‘stirish, boqish uchun yetishtirilgan, sotib olingan omuxtalar, ko‘kat o‘tlar, silos, yontoq, samon va shu kabi yem-xashaklar.

  • Tara- bu mahsulotlarni o‘rashda, tashishda, saqlashda ishlatiladigan aktivlar ( butulka, bochka, yashik , xalta va boshqalar );

  • Ishlab chiqarish zahiralariga yuqoridagilardan tashqari istesno tariqasida inventarlar va xo‘jalik buyumlari, shuningdek o‘stirishdagi va boquvdagi mollar ham kiradi.

  • Ishlab chiqarish zahiralari ishlab chiqarishdagi roliga ko‘ra asosiy va yordamchi zaxiralarga bo‘linadi.


  • Download 0.61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling