3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf
Kapital ta’mirlash deganda
Download 0.61 Mb.
|
buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Debet
Kapital ta’mirlash deganda, ma’lum bir vaqtdan keyin ( odatda, bir yildan keyin ) asosiy vositalarni to‘liq qismlarga ajratish, kerak bo‘lganda u yoki bu layoqatsiz bo‘lib qolgan qismlarni to‘liq almashtirish bo‘yicha bajarilgan ta’mirlash ishlari tushuniladi. Kapital ta’mirlash xajmi, murakkabligi va qiymati bo‘yicha joriy ta’mirlashdan katta farq kiladi. Kapital ta’mirlash ishlari maxsus kapital ta’mirlash dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Qabul qilingan buxgalteriya hisobi to‘g‘risida Qonunga, Solik Kodeksiga, mahsulot (ish,xizmat)ni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha harajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizomga, BXMS №1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»ga muvofiq korxonalar joriy va kapital ta’mirlashni mablag‘ bilan ta’minlashni quyidagi ikki usulning birida amalga oshirishlari va tanlangan usulni o‘zlarining hisob siyosatlarida belgilab olishlari lozim : Ta’mirlash uchun maxsus rezerv tashkil etish va barcha harajatlarni ushbu rezerv hisobidan koplash usuli Ta’mirlash ishlari kiymatini rezerv tashkil etmasdan harajatlarga bevosita olib borish usuli Birinchi usulda korxona ta’mirlash ishlari uchun har oyda o‘zi belgilab qo‘ygan me’yorlarda maxsus rezervga ajratmalar qilib boradi. Joriy va kapital ta’mirlash ishlari yakunlangan oyda ularning qiymati tegishli tasdiqlangan dalolatnomalar asosida rezerv evaziga hisobdan chiqariladi. Yil oxirida ta’mirlash uchun tashkil etilgan rezervning ishlatilmay qolingan qismi harajatlarni kamaytirishga olib boriladi yoki soliq bazasiga qayta kiritish sharti bilan kelgusi yilga o‘tqaziladi. Ta’mirlash uchun maxsus rezerv tashkil etilganda tuzilgan raschet asosida quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi: Debet 2010 «Asosiy ishlab chikarish» scheti -500000 Debet 9400 «Davr harajatlari hisobi schyotlari » -200000 Kredit 8910 « Kelgusi harajatlar va to‘lovlar rezervi» -600000 Ishlatilmay qolingan rezervni bekor qilishga yuqoridagi buxgalteriya yozuvi summasi qizil rangda ( storno ) beriladi. Agar ishlatilmay qolingan rezerv keyingi yilga o‘tqazilsa, u holda u yil oxirida foyda solig‘i bazasiga qayta qo‘shiladi (agar korxona daromad (foyda) solig‘ini to‘lovchi hisoblansa). Rezervni ishlatilishi 8910-schetning debetida va boshka aniq harajatlarni ifodalovchi schetlarning kreditida (2310, 5010, 5110, 6890, 1010-1090, 6710, 6510 va boshqalar) aks ettiriladi. Ikkinchi usulda mahsulot (ish,xizmat)ni ishlab chikarish va sotish buyicha harajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizomga muvofiq joriy va kapital ta’mirlash harajatlari ta’mirlangan asosiy vositalarning ishlatilish maqsadiga ko‘ra quyidagi schetlarda hisobga olinadi: 2010 «Asosiy ishlab chiqarish», 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish», 2510 «Umumishlab chiqarish harajatlari» schetlarida – asosiy va yordamchi ishlab chiqarishga doir asosiy vositalarni ta’mirlash harajatlari. Bu guruh harajatlar ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmatlar ) tannarxiga kiritiladi. 9410 «Sotish harajatlari, 9420 «Ma’muriy harajatlar», 9430 «Boshqa operatsion harajatlar» schetlarida – sotishga, boshqaruv apparatiga doir asosiy vositalarni ta’mirlash harajatlari. Bu guruh harajatlar ta’mirlash ishlari dalolatnomalari tasdiqlangan oyda 9900 «Yakuniy moliyaviy natijalar» schetiga o‘tkaziladi. 3110-3190 «Kelgusi davr harajatlari hisobi schetlari»- ilmiy tadqiqot ishlari (ITI ) va tajriba konstruktorlik ishlanmalari ( TKI), shuningdek kelgusida ishga tushirilishga mo‘ljallangan texnologik liniyalarga doir asosiy vositalarni ta’mirlash harajatlari. Bu guruh harajatlar kelgusida 9410, 9420,9430 – schetlarga, agar ITI va TKI yakunlari bo‘yicha moddiy boyliklar olingan bo‘lsa, ushbu boyliklar tannarxiga kiritiladi (01200199, 1010-1090, 2810,2820,2910-2990 va boshqalar ). Asosiy vositalarning amortizatsiyasi (eskirishi) ni hisobga olishda quyidagi atama va tushunchalar muhim rol o‘ynaydi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling