3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


«Asosiy podani shakllantirish»


Download 0.61 Mb.
bet21/190
Sana22.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1042071
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   190
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

0840 «Asosiy podani shakllantirish» schyoti ishchi va mahsuldor hayvonlari mavjud xo‘jaliklarda ishlatiladi. Ushbu schyotning debetida o‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni asosiy ishchi va nasldor hayvonlarga o‘tkazishga ketgan kapital investitsiyalar, shuningdek ishchi va mahsuldor hayvonlarni sotib olishga doir kapital investitsiyalar, bepul olingan ishchi va nasldor hayvonlarni tashib keltirish harajatlari jamlanadi. Yosh o‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni asosiy podaga o‘tkazish bilan bu turdagi kapital investitsiyalar ishchi va mahsuldor hayvonlarning (schet № 0170) boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi.
0890 «Boshqa kapital qo‘yilmalar» schyotida yuqoridagi schyotlarga kiritilmagan kapital investitsiyalar, jumladan asosiy vositalarni kengaytirishga, rekonstruksiya va modernizatsiyasiga sarflangan kapital qo‘yilmalar hisobga olinadi. Bu harakterdagi qo‘yilmalarning summalari kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish dalolatnomalari asosida harakatda bo‘lib kelgan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi.
Asosiy vositalarni bepul olishning hisobi. Asosiy vositalar yuqori tashkilotdan, boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan bepul kelib tushishi ham mumkin. Bunday asosiy vositalar shartnomalar, schyot-fakturalar, qabul qilish-topshirish dalolatnomalari asosida qabul qilinadi. Ushbu hujjatlar asosida bepul olingan asosiy vositalarga quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:
Debet 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schyotlari»
Kredit 8530 «Qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mol-mulk»
Bepul berilgan asosiy vositalarni tashib keltirish harajatlari ularning boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi va bu hisobda quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
Debet 0890 «Boshqa kapital qo‘yilmalar» Kredit 6990 «Boshqa majburiyatlar»
Debet 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schetlari»
Kredit 0890 «Boshqa kapital qo‘yilmalar»
Asosiy vositalarni ta’sis badali sifatida kirim qilishning hisobi. Ta’sis hujjatlari (ustav, ta’sis shartnomasi) ga asosan ta’sischilardan qabul qilingan asosiy vositalar schetfaktura va qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjatlar asosida quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling