3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf
Asosiy vositalar hisobini yuritishga mo‘ljallangan schetlar tizimi
Download 0.61 Mb.
|
buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aktiv schetlar Kontraktiv schetlar
- Kapital investitsiyalar
- Pudrat usulidagi kapital investitsiyalar
Asosiy vositalar hisobini yuritishga mo‘ljallangan schetlar tizimi. 2002 yil 1 yanvardan joriy etilayotgan schyotlar rejasida asosiy vositalar hisobini yuritish uchun aktiv bo‘lgan № 0100 «Asosiy vositalar hisobi schyotlari» va kontraktiv bo‘lgan № 0200 «Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schyotlari» tizimlari ko‘zda tutilgan. Ushbu tizimlar o‘z ichiga quyidagi schyotlarni oladi.
Asosiy vositalar hisobi uchun mo‘ljallangan schetlar tizimi
Kapital investitsiyalar – bu yangi ob’ektlarni qurishga, eski ob’ektlarni kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga, shuningdek yangi asosiy vositalarni sotib olishga sarflangan mablag‘lar majmuasi. O‘zbek tili lug‘atida bu so‘zning «kapital qo‘yilmalar» nomli sinonimi ham mavjud. Kapital investitsiyalar harakteriga ko‘ra ichki investitsiya hisoblanadi, ular bevosita korxonaning qudratini oshirishga yo‘naltirilgan mablag‘lardir. Kapital investitsiyalar ikki usulda amalga oshirilishi mumkin: pudrat usulida va xo‘jalik usulida. Pudrat usulidagi kapital investitsiyalar 17 – son BHMS «Kapital qurilishga doir pudrat shartnomalari» ga muvofiq pudratchi, ya’ni qurib beruvchi, va buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan pudrat shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Pudratchi shartnomaga muvofiq yangi ob’ektni qurish, mavjud ob’ektlarni kengaytirish, rekonstruksiya yoki modernizatsiya qilish kabi ishlarni bajaradi. Buyurtmachi esa shartnomada ko‘rsatilgan bajarilgan ishlar uchun pudratchiga haq to‘laydi. Bajarilgan ishlar bosqichma–bosqich yoki to‘lig‘icha komissiya tomonidan qabul qilinishi mumkin. Bosqichma-bosqich usulda pudratchi ishning tugatilgan qismini qabul qilish-topshirish dalolatnomalariga asosan buyurtmachiga topshiradi. To‘lig‘icha usulda shartnomada ko‘rsatilgan ish to‘lig‘icha bajarilgandan so‘ng qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Birinchi usulda buyurtmachi uchun ishning qabul qilingan bosqichi qiymati, ikkinchi usulda esa to‘lig‘icha qabul qilingan ish qiymati kapital investitsiya summasini tashkil etadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling