3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf
Debet 8510 «Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» Kredit
Download 0.61 Mb.
|
buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Debet
Debet 8510 «Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»
Kredit 0211-0290 «Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schetlari» Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati qayta baholashda pasaytirilganda yangi va eski qiymatlar o‘rtasidagi salbiy farq summasi ikki usulda hisobdan chiqariladi. 1-usul. Korxonada oldindan asosiy vositalarni qayta baholash natijasida rezerv kapitali shakllantirilgan bo‘lsa, u holda pasaytirilgan qiymat shu rezerv kapitali evaziga hisobdan chiqariladi. Bunda, mos ravishda, quyidagi yozuvlar kilinadi: boshlang‘ich qiymatlar o‘rtasidagi salbiy farqga: Debet 8510 «Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» Kredit 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schetlari» eskirish summalari o‘rtasidagi salbiy farqga: Debet 0211-0290 «Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schetlari» Kredit 8510 «Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» 2-usul. Rezerv kapitali mavjud bo‘lmagan holda qo‘llaniladi. Bu holda qayta baholash natijasida asosiy vositalarning qiymatlari o‘rtasidagi salbiy farq summasi korxona harajatiga olib boriladi va hisobda quyidagicha aks ettiriladi: a) boshlang‘ich qiymatlar o‘rtasidagi salbiy farqga: Debet 9430 «Boshqa operatsion harajatlar» Kredit 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schetlari» b) eskirish summalari o‘rtasidagi salbiy farqga (storno yozuvi ) Debet 9430 «Boshqa operatsion harajatlar» Kredit 0211-0290 «Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schetlari» Asosiy vositalar ekspluatatsiya qilish natijasida borgan sayin o‘zining dastlabki holatini yo‘qotib boradi. Shuning uchun ularni ishchi holatda ushlab turish uchun ta’mirlash lozim bo‘ladi. Asosiy vositalarni ta’mirlash ikki turga bo‘linadi: joriy va kapital. Joriy ta’mirlash deganda, asosiy vositalarni vaqtidan oldin ish layoqatini yo‘qotmaslik uchun vujudga kelgan kichik xajmdagi texnik buzilishlar va lat eyishlarni tuzatish bo‘yicha doimiy va o‘z vaqtida o‘tqazilgan profilaktik harakterga ega bulgan ta’mirlash ishlari tushuniladi. Odatda, joriy ta’mirlash muddati bir yildan oshmaydi,bunday ta’mirlashda asosiy vositaning u yoki bu qismi almashtirilmaydi. Joriy ta’mirlash ishlari joriy ta’mirlash dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnomada qilingan ishlarning turlari, sarflangan materiallarning qiymati, ketgan mehnat vaqti va qiymati, shuningdek boshqa harajatlar ko‘rsatiladi. Dalolatnoma joriy ta’mirlashga ma’sul shaxslar tomonidan imzolanadi, korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling