1060 «Tara va tara materiallari». Ushbu schetning debetida xo‘jalik inventari va buyumi sifatida ishlatilmayotgan barcha turdagi taralar, taralarni yasash va ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan material va detallarning zahiradagi mavjud qoldig‘i va ularni chetdan sotib olish evaziga ko‘payishi, kreditida esa – ularning ishlatilishi, shuningdek boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi.
1070 «Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar». Ushbu schetning debetida chetga qayta ishlash uchun berilishi mumkin bo‘lgan asosiy va yordamchi materiallarning zahiradagi mavjud qoldig‘i va ularni chetdan sotib olish evaziga ko‘payishi, kreditida esa – ularning ishlatilishi, shuningdek boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi.
1090 «Boshqa materiallar». Ushbu schetning debetida yuqoridagi schetlarga kiritilmagan, ishlab chiqarishdan , asosiy vositalarni tugatishdan va boshqa operatsiyalardan olingan moddiy boyliklarning (chiqindilar, tuzatib bo‘lmaydigan brak mahsulotlar, metallolom, eski shinalar va rezinalar, ishlatilgan moy, nigrol va sh.k.) zahiradagi mavjud qoldig‘i va ularni ishlab chiqarishdan olinishi evaziga ko‘payishi, kreditida esa – ularning ishlatilishi, shuningdek boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi.
1510 «Materiallarni tayyorlash va sotib olish». Ushbu schet korxonaning hisob siyosatida tayyorlov jarayonini alohida aks ettirish ko‘zda tutilgan holda qo‘llaniladi. Uning debetida materiallarni tayyorlash va sotib olish jarayonining qiymati, kreditida esa ushbu qiymatni kirim qilingan materiallar qiymatiga kiritilishi ettiriladi. Agar korxonaning hisob siyosatida materiallarning kirimini bevosita to‘g‘ridan to‘g‘ri 10101090 –schetlarda aks ettirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda 1510-schet qo‘llanilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |