3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larining hisobi


Download 0.61 Mb.
bet61/190
Sana22.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1042071
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   190
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

6.3.Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larining hisobi



  • Korxonalarning bo‘sh turgan pul mablag‘lari bankda ochilgan hisob-kitob schyotida saqlanadi. Hisob- kitob schyoti korxona tashkil etilgan vaqtda tanlab olingan bank muassasalaridan birida ochiladi. Hisob-kitob schyotini ochish uchun bank muassasiga ariza bilan chiqiladi va unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

    • Mahalliy hokimiyatning korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tqazilganligi to‘g‘risida qarorining nusxasi;

    • Korxonaning natariusdan tasdiqlangan ustavi;

    • Natariusdan tasdiqlangan ta’sis shartnomasi;

    • Korxona bo‘yicha birinchi va ikkinchi shaxslarning imzolarini namunalari kartochkasi.

    • Korxona va bank o‘rtasida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuziladi, unda tomonlarning huquq va majburiyatlari, javobgarliklari, xizmatlar uchun to‘lanadigan to‘lovning miqdori, saqlanadigan pul mablag‘lari uchun bank to‘laydigan foizlar va boshqa jihatlar aks ettiriladi. Shartnomaga muvofiq bankda korxonaga 20 ta raqamdan iborat bo‘lgan shaxsiy schyot ochiladi, ushbu schyot korxonaning bankdagi hisob-kitob schyotining raqamini bildiradi. Barcha bank operatsiyalariga doir hujjatlarda korxona o‘zining ushbu hisob-kitob schyoti raqamini, bankning nomi va kodini ko‘rsatishi shart bo‘ladi.

    • Korxonaning hisob-kitob schyotiga pul mablag‘lari naqd va naqdsiz yo‘llar bilan kelib tushadi. Naqd pullar hisob-kitob schyotiga korxonaning o‘zi tomonidan topshiriladi. Buning uchun kassir yoki pul topshirish vakolati berilgan boshqa shaxs bankda maxsus “Naqd pul topshirishga e’lon” hujjatini to‘ldiradi. Ushbu hujjat uch qismdan iborat: birinchi qismi naqd pul topshirishga e’lon deb ataladi, ikkinchi qismi kvitansiya va uchinchi qismi order deb ataladi. Hujjatning barcha qismlari bir xil mazmundagi yozuvlarga ega bo‘ladi, ya’ni ularda hisob-kitob schyotining raqami, nima uchun va qancha pul topshirilayotganligi, shuningdek pulni topshirgan shaxsning familiyasi, ismisharifi va imzosi aks ettiriladi. Pul bank kassasiga topshirilgach, topshiruvchi shaxsning qo‘liga imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kvitansiya beriladi, e’lon va order bankda qoladi. Oxirgi hujjat ham bank ko‘chirmasi bilan ilova sifatida korxonaga qaytib keladi.

    • Naqdsiz yo‘l bilan pul mablag‘lari korxonaning hisob-kitob schyotiga boshqa korxonalardan, davlat organlaridan, bankning o‘zidan kelib tushushi mumkin. Bunday pul mablag‘lari bankda korxonaning hisob-kitob schyotiga to‘lov topshiriqnomalari, elektron avizo, memorial-orderlar asosida kiritiladi.

    • Korxona hisob-kitob schyotidan pul mablag‘lari naqd va naqdsiz yo‘llar bilan chiqim qilinadi. Pul mablag‘larini naqd olish uchun korxona bank tomonidan shartnomaga muvofiq chek daftarchasi bilan ta’minlanadi. Ushbu daftarchaning har bir varag‘i ikki qismdan iborat bo‘lib, chap qismi koreshok, o‘ng qismi esa chek deb ataladi. Daftarchaga kiritilgan cheklarning tartib raqamlari bosmaxona usulida oldindan yozilgan bo‘ladi. Naqd pullar korxonaga chek asosida beriladi. Chekning yuza qismida pul olish vakolati berilgan shaxsning familiyasi, ismi-sharifi, olinishi kerak bo‘lgan summaning miqdori ko‘rsatiladi, chek rahbar va bosh hisobchi tomonidan imzolanadi va korxona muhri bilan tasdiqlanadi. Chekning orqa tarafida olinayotgan pul mablag‘larining miqdori maqsadlari bo‘yicha aks ettiriladi, shuningdek pul oluvchi shaxsning imzosi va pasport bo‘yicha ma’lumotlari , uning imzosini tasdiqlovchi rahbar va bosh hisobchining imzolari ko‘rsatiladi. Chek bankda, uning koreshogi chek daftarchasida qoladi. Chek daftarchasida bo‘yab va tuzatib yozishlar mumkin emas, ularga qo‘yiladigan imzolar ham bankga berilgan imzo namunalaridan farq qilmasligi kerak. Bu talablarga javob bermaydigan cheklar bank tomonidan qabul qilinmaydi va buzilgan hisoblanadi, ularni qaytadan rasmiylashtirish, buzilgan cheklarni daftarchaga qaytadan elimlab qo‘yish lozim. To‘liq foydalanilgan chek daftarchalari bankga topshiriladi va uning o‘rniga yangi chek daftarchasi sotib olinadi.

    • Korxona hisob-kitob schyotidan pul mablag‘lari naqdsiz yo‘l bilan boshqa korxonalarga, davlat organlariga o‘tqazib beriladi, shuningdek bankning o‘zi orqali shartnoma shartlariga ko‘ra ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ushlab qolinadi. Pul mablag‘larini naqdsiz chiqim qilishga asos bo‘lib to‘lov topshiriqnomalari, inkasso topshiriqnomalari, bankning memorial orderlari hisoblanadi.


    • Download 0.61 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   190




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling