3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Boshqa schyotlardagi pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarining hisobi


Download 0.61 Mb.
bet64/190
Sana22.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1042071
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   190
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

6.5.Boshqa schyotlardagi pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarining hisobi



  • Korxonalarning pul mablag‘lari kassa, hisob-kitob va valyuta schyotlaridan tashqari yana quyidagi boshqa aktiv schyotlarda ham hisobga olinadi.

    • 5510 «Akkreditivlar» - bu schyotda bank muassasalarida korxonaning u yoki bu mijozi bilan hisob-kitoblarni olib borish uchun ochilgan schyotlaridagi pul mablag‘larining holati va harakati aks ettiriladi. Akkredetiv schyotlar qisqa muddatlarga korxonaning mablag‘lari yoki bank kreditlari hisobidan ochilishi mumkin, bunda quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:

    • Debet 5510 «Akkreditivlar»

    • Kredit 5110»Hisob-kitob schyoti», 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari», 5220 «Chet ellardagi valyuta schyotlari», 6810 « Qisqa muddatli bank kreditlari» .

    • Akkredetiv schyotlar ulardagi mablag‘larning ishlatilishi bilan, shuningdek ishlatilmay qolgan mablag‘larni tashkil etilgan manbasini aks ettiruvchi schyotga qaytarilishi bilan yopiladi, ya’ni:

    • Debet 6010 «Ta’minotchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar», 5110»Hisob-kitob schyoti», 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari», 5220 «Chet ellardagi valyuta schyotlari», 6810 « Qisqa muddatli bank kreditlari» .

    • Kredit 5510 «Akkreditivlar»

    • 5520 «Chek daftarchalari» - bu schyotda korxonaning u yoki bu mijozlari bilan hisob-kitoblarni chek daftarchalari asosida olib borish uchun ochilgan maxsus deponent schyotlaridagi pul mablag‘larining holati va harakati aks ettiriladi. Ushbu schyotlar ham akkredetiv schyotlar kabi qisqa muddatlarga korxonaning mablag‘lari yoki bank kreditlari hisobidan ochilishi mumkin, bunda quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:

    • Debet 5520 «Chek daftarchalari»

    • Kredit 5110»Hisob-kitob schyoti», 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari», 5220 «Chet ellardagi valyuta schyotlari», 6810 « Qisqa muddatli bank kreditlari» .

    • Chek daftarchalari schyotlari ulardagi mablag‘larning ishlatilishi bilan, shuningdek ishlatilmay qolgan mablag‘larni tashkil etilgan manbasini aks ettiruvchi schyotga qaytarilishi bilan yopiladi, ya’ni:

    • Debet 6010 «Ta’minotchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar», 6990 «Boshqa majburiyatlar», 5110»Hisob-kitob schyoti», 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari», 5220 «Chet ellardagi valyuta schyotlari», 6810 « Qisqa muddatli bank kreditlari».

    • Kredit 5510 «Chek daftarchalari»
  • 1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   190




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling