3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


« Berilgan qisqa muddatli qarzlar» -


Download 0.61 Mb.
bet66/190
Sana22.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1042071
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   190
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

5820 « Berilgan qisqa muddatli qarzlar» -ushbu schyotda boshqa yuridik shaxslarga shartnoma asosida berilgan qisqa muddatli qarzlarning holati va harakati (berilishi debetida, qaytarilishi kreditida) pul mablag‘lari schyotlari bilan korrespondensiyalangan holda aks ettiriladi.

  • 5890 «Boshqa joriy investitsiyalar» -ushbu schyotda banklardagi turli depozit schyotlarga qo‘shimcha daromad olish maqsadida qo‘yilgan pul mablag‘larining holati va harakati (qo‘yilishi debetida, qaytarilishi kreditida) pul mablag‘lari schyotlari bilan korrespondensiyalangan holda aks ettiriladi.

    • Olinadigan schyotlar deganda haridorlar va buyurtmachilarning sotilgan tovarmoddiy boyliklar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun, shuningdek turli yuridik va jismoniy shaxslarning ma’lum maqsadlarda olgan mablag‘lari uchun korxona oldidagi debitorlik qarzlari tushuniladi. Buxgalteriya hisobida olinadigan schyotlarni asosan muddati i harakteri bo‘yicha aks ettirish tartibi keng qo‘llaniladi.

    • Muddat belgisi olinadigan schyotlarni turli jihatlari bo‘yicha guruhlashga imkon beradi, jumladan hisobot davrlari, to‘lov va da’vo muddatlari, shuningdek kelib tushish ehtimoliga ko‘ra.

    • Hisobot davrlariga ko‘ra olinadigan schyotlar qisqa muddatli ( bir yilgacha) va uzoq muddatli (bir yildan oshiq) bo‘lishi mumkin.

    • To‘lov muddatiga ko‘ra olinadigan schyotlar to‘lov muddati o‘tmagan va to‘lov muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzlarga bo‘linadi. O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan tartibga asosan 90 kungacha olinmagan schyotlar muddati o‘tmagan, 90 kundan ortiq muddatda to‘lanmagan schyotlar to‘lov muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzlari bo‘lib hisoblanadi. Respublikamiz qonunlariga muvofiq 90 kundan to‘lov muddati oshib ketgan debitorlik qarzlariga yo‘l qo‘yganligi uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning rahbarlari va bosh hisobchilari ma’muriy va moliyaviy ja’zoga tortiladi.

    • Da’vo muddatiga ko‘ra olinadigan schyotlar da’vo muddati o‘tib ketmagan va da’vo muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzlarga bo‘linadi. To‘lov muddati 3 yildan oshmagan olinadigan schyotlar da’vo muddati o‘tmagan debitorlik qarzlari, to‘lov muddati 3 yildan oshib ketgan olinadigan schyotlar esa da’vo muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzlari bo‘lib hisoblanadi. Respublikamiz qonunlariga muvofiq da’vo muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzlari balansdan chiqarilishi , da’vo muddati o‘tib ketmagan debitorlik qarzlari asossiz balansdan chiqarilmasligi lozim.

    • Kelib tushish ehtimoliga ko‘ra olinadigan schyotlar kelib tushushi shubhali va kelib tushishi shubhasiz bo‘lgan debitorlik qarzlarga bo‘linadi. Shubhali debitorlik qarzlar deganda, odatda, inqirozga uchragan, faoliyatini to‘xtatib qo‘ygan yoki umuman yopilib ketgan, katta miqdorda kreditorlik qarzlarga ega bo‘lgan, to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan, faoliyati uchun sud va prokuratura organlari oldida javob berayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning korxona oldidagi qarzlari tushuniladi. Shubhali qarzlar sud organlari orqali o‘ndiriladi, o‘ndirish imkoniyati bo‘lmaganda korxonaning zarariga olib boriladi.

    • Harakteriga ko‘ra olinadigan schyotlar tovar harakteridagi va notovar harakteridagi debitorlik qarzlarga bo‘linadi. Tovar harakteridagi olinadigan schyotlarga bevosita tovar operatsiyalariga dahldor bo‘lgan debitorlik qarzlari, masalan haridor va buyurtmachilarning qarzlari, ta’minotchilarning olgan avanslar bo‘yicha qarzlari kiradi. Bevosita tovar operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lmagan olinadigan schyotlar notovar harakteridagi debitorlik qarzlari hisoblanadi. Ularga, masalan, xodimlarning qarzlari, ta’sischilarning qarzlari, byudjet va ijtimoiy sug‘urta organlarining qarzlari va boshqalar kiradi.

    • Debitorlik qarzlar hisoblash tamoyiliga muvofiq xo‘jalik operatsiyalari yuz bergan sanadan boshlab tan olinadi. Tan olingan debitorlik qarzlari boshlang‘ich (dastlabki) qiymatda va sof qiymatda baholanadi. Debitorlik qarzlar buxgalteriya hisobi schyotlarida boshlang‘ich qiymatida, balans va hisobotning boshqa shakllarida esa sof qiymatida aks ettiriladi


    • Download 0.61 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   190




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling