Debet 4020 “Olingan veksellar”
Kredit 4010 “ Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”
Oddiy va murakkab , foizli va foizsiz veksellar bo‘yicha shartnomaga asosan hisoblangan foizlar summasiga quyidagi yozuvlar qilinadi:
Debet 4830 “ Olinadigan foizlar”
Kredit 9530 “ Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar”
Veksellar qiymati va ular bo‘yicha foizlar kelib tushganda quyidagi yozuvlar qilinadi:
Debet 5010 “Kassa”, 5110 “Hisob –kitob schyoti” , 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari», 5220 «Chet ellardagi valyuta schyotlari», 6810 « Qisqa muddatli bank kreditlari» va boshqalar.
Kredit 4020 “Olingan veksellar”, 4830 “ Olinadigan foizlar”
• 4110 «Alohida ajratilgan bo‘linmalardan olinadigan schyotlar» va 4120 «Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar» -ushbu schyotlar korxonaning alohida ajratilgan bo‘linmalari (filiallari va vakolatxonalari), shuningdek uning ta’sis etilgan sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari bilan hisob –kitoblarining holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan. Ushbu schyotlarni yuritish tartibi 4010– schyotni yuritish tartibiga to‘liq o‘xshashdir.
Ta’minotchilar bilan olingan schyotlar bo‘yicha hisob-kitoblarning hisobi. 21son BHMS ga muvofiq ta’minotchilarga tovar-moddiy boyliklar (TMB) va boshqa aktivlar uchun, shuningdek ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun oldindan avans tariqasida o‘tqazib berilgan mablag‘lar bo‘yicha hisob kitoblarning holati va harakati 4310 «Ta’minotchilar va pudratchilarga TMB uchun o‘tqazib berilgan avanslar», 4320 «Ta’minochilarga va pudratchilarga uzoq muddatli aktivlar uchun o‘tqazilgan avanslar» va 4330 «Boshqa berilgan avanslar» schyotlarida aks ettiriladi. Ushbu schyotlarning debet tomonidagi yozuvlar ta’minotchilar va pudratchilarga kassadan (schyot № 5010), hisob-kitob schyotidan ( schyot № 5110 ), valyuta schyotidan (schyot 5210,5220), bankdagi ssuda schyotlaridan (schyot № 6810) o‘tqazib berilgan avans summalarini ko‘rsatadi. Bu summalar ta’minotchilar va pudratchilardan TMB, boshqa aktivlar va xizmatlarni olinishiga qarab ular olididagi kreditorlik qarzlarni yopilishiga yo‘naltiriladi va bu buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |