3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Kutilmagan holatni yuz berish ehtimoli


Download 0.61 Mb.
bet155/190
Sana22.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1042071
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   190
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

Kutilmagan holatni yuz berish ehtimoli

  • Kutilmagan holat bo‘yicha summa aniq

  • Kutilmagan holat bo‘yicha summa aniq

  • emas

  • Ehtimoli bor

  • Hisoblash ham, ochib


  • tushuntirish xatida vujudga kelish ehtimolini borligi ko‘rsatiladi

  • berish ham talab qilinmaydi

  • Ehtimoli yo‘q



    • Kelgusida yuz beradigan va buxgalteriya balansini tuzish sanasida mavjud bo‘lmagan hodisalar – ushbu hodisalar va ulardan kutilayotgan natijalar (foyda yoki zararlar) moliyaviy hisobotga va unga ilova qilinadigan tushuntirish xatiga umuman aloqador hisoblanmaydi. Shuning uchun ular hisobotda va unga ilova qilingan tushuntirish xatida umuman aks ettirilmaydi.

    • Moliyaviy hisobotda uni rasmiy e’lon qilgan sanadan keyin aniqlangan va o‘tgan hisobot davriga taalluqli bo‘lgan, lekinda moliyaviy hisobotda aks ettirilmayin qolingan hodisalar kutilmagan holatlar va hodisalar hisoblanmaydi. Bunga misol qilib, qaysi bir schyot-faktura summasini daromadga olinmaganligi, harajatlarni noto‘g‘ri hisoblanganligi va bularning natijasida moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarida xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligini aytish mumkin. Soliq Kodeksiga muvofiq soliq tekshiruviga qadar korxonaning o‘zi tomonidan o‘tgan hisobot yillar bo‘yicha topilgan xatolarni tuzatilishi va soliq idorasiga qayta hisob-kitoblarni topshirilishi moliyaviy jazolarga (penya hisoblashdan tashqari) tortilmaydi.O‘tgan yillarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni korxonalar nafaqat o‘zlarining kuchlari bilan, balkim mustaqil auditorlik tashkilotlarini shartnoma asosida jalb etish va auditorlik tekshiruvini o‘tqazish orqali ham amalga oshirishlari mumkin.


    • Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotga o‘tish xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisobotlarini xolis tekshiruvdan o‘tqazish, ularning realligini ekspert qilish , shu asosda moliyaviy hisobotga xolis xulosa berish, shuningdek mavjud xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha kasbiy maslahatlarni berish, hisobkitoblarni tiklash va yuritib berish, biznes reja va soliq deklaratsiyalarini tuzib berishdan iborot maxsus «audit» deb atalmish faoliyat turini, shuningdek maxsus «audit» deb atalmish iqtisodiy fanni vujudga kelishiga asos soldi. Ushbu faoliyat turi va maxsus iqtisodiy fan bizning mamlakatimiz hayotiga mustaqillikga erishilgandan keyin kirib kelgan bo‘lsa, bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda u juda uzoq yillardan beri mavjud va rivojlanib kelmoqda. Mustaqil auditorlik faoliyati, manbalarga ko‘ra, 150 yil oldin yevropa mamlakatlarida paydo bo‘lgan, uning vatani sifatida buyuk britaniya tan olinadi2.

    • Oxirgi o‘n ikki yil ichida respublikamizda auditga bo‘lgan qiziqish, unga bo‘lgan e’tibor keskin oshdi. Respublikamizning qonun chiqaruvchi organi va hukumati auditning ahamiyatini o‘z vaqtida anglab mhd ichida birinchilar qatorida «auditorlik faoliyati to‘g‘risida qonun»ni mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq (1992 yil ) qabul qildi va uni hayotga tadbiq etdi. 2000 yilda ushbu qonun yangi tahrir va boyitilgan mazmunda qayta tasdiqlandi. O‘tgan o‘n ikki yil ichida respublikamizda 400 tadan ortiq auditorlik tashkilotlari, ular atrofida jipslashgan 5000 ga yaqin auditorlar sinfi vujudga keldi. Respublikamiz olimlari, iqtisodchilari audit bo‘yicha katta izlanishlarni olib bordilar, auditga bag‘ishlangan ko‘pgina darslik va o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, risolalar, ilmiy maqolalar chop etildi3. Chet elda ko‘p yillardan beri maxsus fan sifatida o‘qitilib kelinayotgan auditga doir ayrim adabiyotlar rus va o‘zbek tillariga tarjima qilindi4.

    • Xo‘sh, audit o‘zi nima? U nima uchun zarur? Qanday audit bugun bizga kerak? Auditning maqsadi, funksiya va vazifalari nimalardan iborot?

    • Harakatdagi qonunlarda, me’yoriy hujjatlarda, darslik va o‘quv qo‘llanmalarida ushbu savollar turlicha yoritilgan.


    • Download 0.61 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   190




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling