3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf
Inventarlar va xo‘jalik buyumlari –
Download 0.61 Mb.
|
buxgalteriya hisobi
Inventarlar va xo‘jalik buyumlari – bu quyidagi shartlarning biriga javob beruvchi mehnat vositalari va predmetlari (xo‘jalik inventarlari):
xizmat muddati 1 yildan kam bo‘lgan; qiymati bir birlikga sotib olish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasida mavjud bo‘lgan eng kam ish haqining 50 barobarigacha bo‘lgan. Qiymatidan qat’iy nazar inventarlar va xo‘jalik buyumlariga quyidagilar kiradi: Maxsus instrumentlar va moslamalar; Maxsus va sanitar kiyimlar, maxsus payofzal; O‘rindiq buyumlari (ko‘rpa, yostiq, choyshab va shu kabilar.); Kanselyariya buyumlari (kalkulyatorlar, stol usti priborlari va boshqalar); Oshxona inventarlari (qoshiq, vilka, qozon, choynik-piyolalar, pichoq, skatert va shu kabilar); Vaqtinchalik moslama va qurilmalar (titulsiz inshoatlar)- taxta yo‘lkalar, yuvinish xonalari, hojatxona va shu kabi qurilish-montaj ishlari tugagach ularning qiymatiga kiruvchi moslamalar; Xizmat muddati bir yilgacha bo‘lgan smena jihozlari; Baliq ovlash qurollari (qarmoq, to‘r va shu kabilar). Buxgalteriya hisobida inventarlar va xo‘jalik buyumlari turgan joyiga qarab aks ettiriladi. Ushbu belgisiga ko‘ra ular ikki guruhga bo‘linadi: Ombordagi inventarlar va xo‘jalik buyumlari. Foydalanishdagi inventarlar va xo‘jalik buyumlari. Mos ravishda inventarlar va xo‘jalik buyumlari quyidagi schetlarda hisobga olinadi: 1.Ombordagi zahiralar - 1080 «Inventarlar va xo‘jalik buyumlari» schyotida. 2. Foydalanishdagi qismi – 014 « Foydalanishdagi inventarlar va xo‘jalik buyumlari» balansdan tashqari schyotda. Korxonaga barcha manbalardan kelib tushgan inventarlar va xo‘jalik buyumlari (ta’minotchilardan, ta’sischilardan, bepul berilgan va boshqalar) № 1080 «Inventarlar va xo‘jalik buyumlari» schetiga kirim qilinadi (Debet 1080 Kredit 6010,4610,8530,4220,6990,1010-1090, 4110,9390,5010 va boshqalar). Ombordan foydadanishga berilgan inventarlar va xo‘jalik buyumlari birdaniga harajatlar schyotlariga hisobdan chiqariladi (Debet 2010,0810,9410,9420 va boshqa schyotlar Kredit 1080). Bir vaqtning o‘zida ishlatishga berilgan inventar va xo‘jalik buyumlari 014- balansdan tashqari schetning kirimida aks ettiriladi. Ushbu schyotdan ular xizmat muddati tugaganda, foydalanishga yaroqsiz holatga kelganida maxsus dalolatnomalar asosida chiqim qilinadi. Inventarlar va xo‘jalik buyumlarining sotilishi, bepul berilishi, ta’sis badali sifatida kiritilishi 9220 «Boshqa aktivlarni sotilishi va turli chiqimlari» schetining debetida va 1080- schetning kreditida tannarxi bo‘yicha aks ettiriladi. Inventarlar va xo‘jalik buyumlarining analitik hisobi moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha ularning nomlari, baholari va boshqa belgilariga qarab yuritiladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling