3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf
Umum ishlab chiqarish harajatlari
Download 0.61 Mb.
|
buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bevosita harajatlar
- O‘zgaruvchan harajatlar
Umum ishlab chiqarish harajatlari deganda barcha asosiy va yordamchi ishlab chiqarish sexlarini boshqaruviga va tashkil etishga taalluqli bo‘lgan, shuningdek ularga xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalarning harajatlari tushuniladi. Masalan, ta’minot bo‘limi, yong‘inga qarshi kurashish bo‘limi, isitish bo‘limi, qo‘riqlash bo‘limi va boshqalar asosiy va yordamchi sexlarga turli xizmatlarni ko‘rsatadi. Bu bo‘linmalarning harajatlari ham alohida hisobga olinadi va oy oxirida hisob siyosatida belgilangan tartibga muvofiq asosiy va yordamchi ishlab chiqarish harajatlariga kiritiladi.
Tannarxga kiritilish usuliga qarab barcha ishlab chiqarish harajatlari bevosita va bilvosita harajatlarga bo‘linadi. Bevosita harajatlar deganda u yoki bu ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga to‘g‘ridan- to‘g‘ri olib boriladigan harajatlar tushuniladi. Ularga misol qilib, masalan, non ishlab chiqarishda tuzilgan kalkulyatsiyaga muvofiq bevosita sarflangan un va boshqa materiallarning harajatlarini, bevosita non ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan ishchilarga hisoblangan ish haqi harajatlarini, ishlab chiqarish sexining bevosita boshqa harajatlarini keltirish mumkin. Bilvosita harajatlar deganda korxonaning butun ishlab chiqarish faoliyatiga taalluqli bo‘lgan ,lekinda aniq bir bo‘linmaning (mahsulotning) tannarxiga to‘g‘ridanto‘g‘ri kiritib bo‘lmaydigan, shuning uchun ma’lum bir tartibga muvofiq bo‘linmalar (mahsulotlar) o‘rtasida taqsimlanadigan harajatlar tushuniladi. Aksariyat umum ishlab chiqarish harajatlari aynan bilvosita harajatlar hisoblanadi, ular ishlab chiqarilgan mahsulotlarning hissasi, sex xodimlari ish haqining hissasi va boshqa belgilariga qarab mutanosib tarzda taqsimlanadi. Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan o‘zgarishiga qarab ishlab chiqarish harajatlari o‘zgaruvchan va shartli o‘zgarmas turlarga bo‘linadi: O‘zgaruvchan harajatlar – bu ishlab chiqarish hajmining oshishi va kamayishigaga ko‘ra sarfi miqdor jihatdan bevosita o‘zgarib turadigan harajatlar. Masalan, material sarfi bevosita ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning miqdoriga bog‘liq, ishbay ishlaydigan xodimga hisoblanadigan ish haqi summasi esa - uning ishlab chiqargan mahsuloti(bajargan ishi)ning miqdoriga bog‘liq. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling