3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf
Download 0.61 Mb.
|
buxgalteriya hisobi
Tayyor mahsulot deganda ishlab chiqarishning barcha texnologik jarayonlaridan o‘tgan, ortiq qayta ishlovni talab qilmaydigan, o‘zining sifati bo‘yicha davlat standartlariga, texnik shartlarga javob beradigan va omborxonalarga qabul qilingan tayyor buyumlar tushuniladi.
Korxonaning faoliyat turiga qarab u ishlab chiqargan tayyor mahsulotlar turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, mashinasozlik zavodining tayyor mahsuloti bo‘lib yengil yoki yuk tashish avtomobillari, non kombinatining tayyor mahsuloti bo‘lib – non va non mahsulotlari, qishloq xo‘jalik korxonasining tayyor mahsuloti bo‘lib yetishtirilgan mevasabzavotlar va boshqa mahsulotlar hisoblanadi. Tayyor mahsulotlar korxonada olib borilgan ishlab chiqarish jarayonining pirovard natijasi hisoblanadi. Ularni tayyorlashga ketgan harajatlar korxonaning ishlab chiqarish harajatlarini, shuningdek tayyor mahsulotning tannarxini tashkil qiladi. Tayyor mahsulotlar korxonalarning aylanma aktivlarining muhim turi hisoblanadi. Ularning aylanish tezligi talab va taklifga, sifatiga, ishlab chiqarilgan hajmiga, bahosiga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. O‘z navbatida tayyor mahsulotlarning haridorligiga sotish hajmi, pul tushumlari, daromad va boshqa ko‘rsatkichlar bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun ham tayyor mahsulotlar buxgalteriya hisobining muhim ob’ektlaridan biri hisoblanadi. 4-son BXMS ga muvofiq tayyor mahsulotlar quyidagi baholarda hisobga olinadi: Ishlab chiqarishdan olinganda – haqiqiy tannarxi bo‘yicha; Ta’sischilardan olinganda – kelishuv bahosida; Qaytarib bermaslik sharti bilan bepul kelib tushganda – ekspert yo‘li bilan aniqlangan qiymatda; Bahosini real aniqlash qiyin bo‘lgan buyumlar bo‘yicha- rejali (normativ) bahoda. Haridorgirligini yo‘qotgan, sifati past yoki shikastlangan hollarda- sof sotish qiymatida ( tannarxdan past bo‘lgan qiymatda). Tayyor mahsulotlar qiymatini baholash xuddi ishlab chiqarish zahiralari kabi korxona hisob siyosatida belgilangan FIFO yoki AVEKO usullardan birida amalga oshirilishi mukin. Mahsulot tannarxi ishlab chiqarish harajatlarini hisobga olish va tannarxni kalkulyatsiya qilish yo‘li bilan topiladi. Kalkulyatsiya, odatda bir xil nomdagi mahsulotga (ish yoki xizmat turiga) tuziladi. Amaliyotda normativ (rejali ) kalkulyatsiya, haqiqiy tannarx kalkulyatsiyasi kabi kalkulyatsiyaning turlari keng ishlatiladi. Normativ (rejali) kalkulyatsiyada qabul qilingan mahsulot (ish, xizmat) birligining tannarxi maxsus tasdiqlangan resepturalar asosida sarflanadigan harajatlar summasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mahsulot(ish, xizmat)ning soniga bo‘lish yo‘li bilan topiladi. Masalan, 100 porsiya palov (250 grammlik) tayyorlash uchun resepturada quyidagi harajatlar ko‘zda tutilgan deylik: go‘sht –6 kg, guruch –25 kg, yog‘ –8 kg, sabzi –20 kg, piyoz –3 kg, tuz va zirovarlar - 1 porsiyaga 5 so‘m miqdorida. Ishlatiladigan masalliqlar bozordan sotib olinadi. Ushbu shartli ma’lumotlarga ko‘ra 1 porsiya palovning normativ(rejali) tannarxini kalkulyatsiyasi quyidagicha bo‘ladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling