Debet 6010 «Ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar»
Kredit 4310 « Ta’minotchilar va pudratchilarga TMB uchun o‘tqazib berilgan bo‘naklar», 4320 « Ta’minochilarga va pudratchilarga uzoq muddatli aktivlar uchun o‘tqazilgan bo‘naklar» , 4330 « Boshqa berilgan bo‘naklar».
Import bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘lganda, avans tariqasida mavjud bo‘lgan debitorlik qarzlar bo‘yicha ijobiy va salbiy valyuta kurslari vujudga kelishi mumkin. Bunday farqlar xuddi 4010- schyotga o‘xshab buxgalteriya yozuvlari bilan mos ravishda moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromad (schyot № 9540) va zararlar (schyot № 9620) ga olib boriladi.
Agar ta’minotchi va pudratchilarga o‘tqazilgan bo‘naklar qaytarib olinsa, u holda quyidagi yozuvlar qilinadi:
Debet 5010 “Kassa”, 5110 “Hisob –kitob schyoti” , 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari», 5220 «Chet ellardagi valyuta schyotlari», 6810 « Qisqa muddatli bank kreditlari» va boshqalar
Kredit 4310 « Ta’minotchilar va pudratchilarga TMB uchun o‘tqazib berilgan bo‘naklar», 4320 « Ta’minochilarga va pudratchilarga uzoq muddatli aktivlar uchun o‘tqazilgan bo‘naklar» , 4330 « Boshqa berilgan bo‘naklar».
7..3. Xodimlarga berilgan bo‘naklarning hisobi
Korxonalar o‘zlarining xodimlariga turli maqsadlarda bo‘nak tariqasida mablag‘larni berishlari mumkin, masalan ish haqi bo‘yicha, qiladigan safari bo‘yicha, tayyorlov maqsadida va boshqa maqsadlarda. Bunday debitorlik qarzlari bo‘yicha hisobkitoblarning hisobi 21-son BXMS ga muvofiq quyidagi schyotlarda olib boriladi:
4210 “Ish haqi bo‘yicha berilgan bo‘naklar” – bu aktiv schyot korxonaning o‘z xodimlariga ish haqi bo‘yicha hisobot davri ichida bergan mablag‘larining holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan. Xodimlarga ish haqi bo‘yicha bo‘naklar kassadan to‘lov qaydnomalari asosida beriladi. Umumiy berilgan bo‘nak summasiga to‘lov qaydnomalari asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |