Debet 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar», 5010 «Kassa» Kredit 4230 “ Umumxo‘jalik harajatlari uchun berilgan bo‘naklar»
Xodimlarga umumxo‘jalik harajatlari uchun berilgan bo‘naklarning analitik hisobi har bir xodim bo‘yicha olib boriladi
• 4290 « Xodimlarga berilgan boshqa bo‘naklar» - bu aktiv schyot korxonaning o‘z xodimlariga yuqoridagi schyotlarda aks ettirilmagan maqsadlar uchun hisobot davri ichida bergan mablag‘larining holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan. Bunday avanslar bo‘lib, masalan, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va mollarini bozorlardan sotib olish, ish joylari korxonaning ma’muriy binosidan uzoq joylarda joylashgan xodimlarning ish haqlarini tarqatish , telefon-telegraf harajatlarini to‘lash uchun berilgan bo‘naklar hisoblanadi. Xodimlarga bunday bo‘naklar kassadan chiqim kassa orderlari asosida beriladi. Berilgan bo‘nak summalariga chiqim kassa orderlari asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |