7.4.Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha to‘langan bo‘naklarning hisobi
Byudjetga to‘langan bo‘naklarning hisobi. O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi, shuningdek soliqlarni hisoblab chiqarish va byudjetga to‘lashga muvofiq korxonalar soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirib borishlari lozim. Bunday bo‘nak to‘lovlari, jumladan, aksiz solig‘i, QQS va daromad(foyda) solig‘i va boshqa soliqlarga bevosita dahldordir. 21-son BXMS ga muvofiq byudjetga to‘langan bo‘nak to‘lovlari bilan bog‘liq debitorlik qarzlarning hisobkitoblari 4410 “ Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari (turlari bo‘yicha)” schyotida aks ettiriladi. Korxonalar o‘zlarining ishchi schyotlar rejasida soliqlar va yig‘imlarning har bir turiga alohida schyotlarni ochishlari mumkin, masalan, 4411 “QQS bo‘yicha byudjetga bo‘nak to‘lovlari”, 4412 “Aksiz bo‘yicha byudjetga bo‘nak to‘lovlari” 4413 “ Daromad(foyda) solig‘i bo‘yicha byudjetga bo‘nak to‘lovlari” va shu kabi boshqalar. Ushbu schyotlarning debet tarafida va 5110 « Hisob–kitob schyoti»ning kreditida byudjetga o‘tqazilgan bo‘nak to‘lovlari to‘lov topshiriqnomalari yoki soliq idorasining inkasso topshiriqnomalari asosida aks ettiriladi. Hisobot davri tugagach, soliq bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblar amalga oshirilganda, ushbu schyotlar oxirgi qarzni topishda e’tiborga olinadi, ya’ni:
Do'stlaringiz bilan baham: |