3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarning hisobi


Download 0.61 Mb.
bet135/302
Sana02.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#200360
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   302
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

8.4.Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarning hisobi


Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning byudjetga to‘lovlari bo‘lib asosan soliqlar va yig‘imlar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida soliq va yig‘imlarni hisoblash va to‘lash tartiblari Soliq Kodeksi va har bir soliq to‘lovlari bo‘yicha tasdiqlangan yo‘riqnomalarda o‘z aksini topgan.

Buxgalteriya hisobi nuqtai nazaridan barcha soliq to‘lovlarini to‘rtta guruhga ajratish mumkin:


  • Korxonalarning oborotidan olinadigan soliqlar – ularga aksiz solig‘i, QQS va eksport bo‘yicha bojxona to‘lovlari kiradi.

  • Korxonalarning boshqa operatsion harajatlariga kiritiladigan soliqlar –ularga molmulk solig‘i, yer solig‘i, ekologiya solig‘i, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq kiradi.

  • Korxonalarning daromadi (foydasi) dan olinadigan soliqlar – ularga daromad (foyda) solig‘i, yalpi tushumdan yagona soliq,, yagona yer solig‘i, infrastrukturani rivojlantirish solig‘i kiradi.

  • Jismoniy shaxslar daromadlaridan ushlanadigan soliq.

21- son BHMS ga muvofiq byudjetga soliq to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlarning hisob-kitoblari 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” schyotida hisobga olinadi. Korxonalar o‘zlarining ishchi schyotlar rejasida har bir soliq turiga alohida schyotlarni, masalan, 6411 “ Byudjetga QQS bo‘yicha qarz”, 6412 “Byudjetga aksiz bo‘yicha qarz” va shu kabi boshqa schyotlarni, ochishlari mumkin. Ushbu passiv schyotlarning kreditida soliq to‘lovlari bo‘yicha byudjet oldidagi majburiyatlarning vujudga kelishi, ularning ko‘payishi va oxirgi qoldiqlari, debetida esa byudjetga to‘lovlarni kamaytirilishi va o‘tqazib berilishi aks ettiriladi. Soliqlar bo‘yicha majburiyatlar ular bo‘yicha tuzilgan hisob-kitoblarga asosan hisoblanadi va quyidagicha aks ettiriladi:


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling