6960 “Da’volar bo‘yicha to‘lovlar” –ushbu passiv schyotning kreditida haridor va buyurtmachilar tomonidan bildirilgan da’volar bo‘yicha majburiyatlarning vujudga kelishi (haroajatlar schyotlarining debeti bo‘yicha korrespondensiyalangan holda ), debetida esa ularning qondirilishi yoki bekor qilinishi ( pul mablag‘lari va harajatlar schyotlarining krediti bo‘yoicha korrespondensiyalangan holda) aks ettiriladi.
6970 “Hisobdor shaxslarga qarz” – ushbu passiv schyotning kreditida hisobdor shaxslar oldida majburiyatlarni vujudga kelishi, debetida esa ushbu majburiyatlarning yopilishi aks ettiriladi. Hisobdor shaxslar oldidagi majburiyatlarni vujudga kelishi harajatlar schyotlarining ( 2010,2310,2510,9420 va boshqalar) debetida, ularni yopilishi esa pul mablag‘lari schyotlarining ( 5010 ) kreditida aks ettiriladi. Ushbu schyotning analitik hisobi har bir hisobdor shaxs bo‘yicha olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |