8300 « Ustav kapitali» – davlat korxonalarida;
8310 «Oddiy aksiyalar», 8320 «Imtiyozli aksiyalar» –aksionerlik jamiyatlarida
8330 «Pay va badallar» – xususiy va kollektiv o‘rtoqchilik korxonalarida
(xususiy savdo va ishlab chiqarish korxonalarida, ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda, qo‘shma korxonalarda, xorijiy korxonalarda, sho‘’ba korxonalarida, qaram xo‘jalik jamiyatlarida).
Ushbu schyotlarning barchasi passiv schyotlar bo‘lib, ularning kreditida ustav kapitalini vujudga kelishi va ko‘payishi, debetida esa uning kamayishi aks ettiriladi.
Ustav kapitali korxona ta’sis etilgan sanada, ya’ni davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanada, vujudga keladi va u buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi: Debet 4610 « Ta’sischilarning ustav kapitaliga hissalari bo‘yicha qarzi»
Kredit 8300 «Ustav kapitali», 8310 «Oddiy aksiyalar», 8320 «Imtiyozli aksiyalar», 8330 «Pay va badallar».
Davlat korxonalari asosida tashkil qilingan aksionerlik jamiyatlarida oldingi mavjud ustav kapitali va yangi ustav kapitali o‘rtasidagi farq gudvil deb atalib, nomoddiy aktiv sifatida hisobga olinadi va quyidagicha aks ettiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |