3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf
Download 0.61 Mb.
|
buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki xo‘jalik xatari
- Nazorat tizimi xatari
- Xatolarni topa olmaslikdan vujudga keladigan xatar
AR = IR * CR * DRBu yerda: AR (audit risk) – umumiy auditorlik xatarining darajasi, ya’ni moliyaviy hisobotga noto‘g‘ri xulosa berish ehtimoli; IR (inherent risk ) – ichki xo‘jalik xatarining darajasi, ya’ni hisobdagi xatolar ehtimoli; CR ( control risk ) – nazorat tizimi xatari darajasi, ya’ni ichki nazorat tizimining samarasizlik ehtimoli; DR (detection risk ) -xatolarni topa olmaslikdan vujudga keladigan xatar darajasi, ya’ni xatoni topa olmaslik ehtimoli Ichki xo‘jalik xatari (IR) deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotiga ishonchsizlikni tug‘diradigan ichki xo‘jalik omillaridan vujudga keladigan xatar tushuniladi. Bunday xatar, masalan, bosh buxgalterni yoki buxgalterlarni hisobot yilida ko‘p marotaba o‘zgartirilganligidan, ularni malakasini pastligidan, me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlanganlikning past darajasidan, buxgalteriya xodimlari o‘rtasida funksional majburiyatlarni taqsimlanmaganligidan, ish jarayonlaridagi doimiy uzilishlar va xodimlarning majburiy qo‘shimcha ta’tillarga chiqarib yuborilganligidan, ish haqini o‘z vaqtida berilmayotganligidan, sotish hajmini o‘tgan yillarga nisbatan kamayganligidan va boshqa hollardan kelib chiqadi. Ushbu xatarni auditor qanchalik past darajada belgilasa, u shunchalik xulosa qilishda ko‘p xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin, bu bilan u o‘zining umumiy auditorlik xatari darajasini kam belgilagan hisoblanadi. Ichki xo‘jalik xatari darajasi qanchalik yuqori deb belgilansa, auditorlik isbotini talab qiladigan dalillarni yig‘ish soni shunchalik ko‘p bo‘lishi lozim. Faqatgina auditorlik isbotini ko‘p yig‘ib, auditor o‘z xatosini minimumga yetqazishi mumkin. Nazorat tizimi xatari (CR) – bu auditorning korxonada mavjud ichki nazorat tizimining mavjud holatiga, uning ta’sirchanligiga bergan bahosidan kelib chiqadigan xatar. Ichki nazorat tizimining mavjudligi, uning haqiqatda kuchli ta’sirining borligi, samarali faoliyat ko‘rsatayotganligi auditorning xulosada kam xato qilishining muhim omili hisoblanadi. Nazorat tizimi xatarini past darajada belgilanishi, albatta, auditor tomonidan yig‘iladigan isbotlar sonini kamayishiga olib keladi, bu o‘z navbatida auditorning umumiy auditorlik xatarini oshishiga sababchi bo‘ladi. Xatolarni topa olmaslikdan vujudga keladigan xatar (DR) deganda auditor tomonidan o‘tqazilgan auditorlik teshiruvida mavjud xatolarni topa olmaganligidan kelib chiqadigan xatar tushuniladi. Auditor isbot va dalillarni qanchalik kam to‘plasa, ushbu xatarning darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi, mos ravishda auditorning umumiy auditorlik xatari darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Auditor isbot va dalillarni qanchalik ko‘p to‘plasa, xatolarni topa olmaslikdan vujudga keladigan uning xatari shunchalik past bo‘ladi. Xatolarni topa olmaslikdan vujudga keladigan xatar darajasini umumiy auditorlik xatarining belgilangan darajasi, shuningdek ichki xo‘jalik xatari va nazorat tizimi xatarining belgilangan darajalaridan kelib chiqgan holda yuqorida keltirilgan matematik model bo‘yicha quyidagicha topish mumkin: Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling